"Policiya jamoasi"ga qarshi bahs: "Nasaf"ni qanday raqib kutib turibdi?
09 fev 12:44
Yangiliklar
"Policiya jamoasi"ga qarshi bahs: "Nasaf"ni qanday raqib kutib turibdi?
Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.
"Al Shorta" jamoasi 94 yillik tarixga ega. Klub 1932 yili Bag'dod shahridagi policiya maktabi direktori Mudhafar Ahmad tomonidan tashkil etilgan.
Jamoaga muxlislar tomonidan "Police team" (policiya jamoasi) degan nom berilgan.
"Al Shorta" o'z uy uchrashuvlarini Bag'dod shahridagi "Al Shorta" stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon o'z bag'riga 10 mingdan ziyod muxlisni sig'dira oladi.

Jamoa Iroq chempionatining 8 karra g'olibi, Iroq Superkubogining 2 karra sohibi va 1 karra federaciya kubogi egasi hisoblanadi.
"Al Shorta" shu vaqtga qadar Elit Chempionlar Ligasi (sobiq Osiyo chempionlar ligasi) musobaqasida jami 34 ta o'yin o'tkazgan. 3 ta o'yinda g'alaba qozongan, 23 ta o'yin bag'dodliklarning mag'lubiyati bilan yakunlangan. 8 ta bahsda esa durang natija qayd etilgan.
Jamoani ayni paytda 52 yoshli misrlik mutaxassis Moamen Soliman boshqarmoqda. Bu mutaxassis o'z vaqtida "Zamalak", "Al Quva Al Joviya", "Al Ittihod" Tripoli kabi klublarida faoliyat olib borgan. Shunindek, qisqa vaqt Misrning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida ishladi.
Uning boshqaruvida "Zamalak" klubi 2016 yil Misr kubogini qo'lga kiritdi. "Al Shorta" jamoasi esa 3 karra Iroq Yulduzlar ligasida tengsiz bo'ldi. Shuningdek, jamoa 1 martadan Iroq Superkubogi va Federaciya kubogida zafar quchdi.
Jamoa tarkibida ayni vaqt Husayn Ali, Manaf Yusuf, Ahmad Yahyo, Mustafo Sadun, Ahmad Basil kabi Iroq milliy terma jamoasi futbolchilar to'p tepmoqda. Shuningdek, Mutez Zaddem, Mahmud Al Mavas, Buli Sambu, Leonel Ateba, Abdul Majid Mumuni, Dominik Mendi kabi mahoratli legioner futbolchilar ham ayni vaqtda ushbu jamoada faoliyat olib bormoqdalar.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" – "Al Shorta" o'yini Farg'ona shahrida joylashgan "Istiqlol" stadionida soat 18:45 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar
Фақат негатив ёзаверманглар
Бизда футбол мухлислар учун эмас!!! Бизда футбол катталар учун...