Pol Merson: "Arsenal"ga hujumchi kerak"
01 jan 2024 23:45
Yangiliklar
Pol Merson: "Arsenal"ga hujumchi kerak"
"Hammada omadsiz damlar bo'ladi. 38ta o'yindan iborat chempionatda parvoz va pasayishlar bo'lishi tabiiy. Ammo "Arsenal" so'nggi ikki o'yindagi natijasi ("Vest Xem"dan 0:2, "Fulxem"dan 1:2) juda yomon. Agar APL g'olibi bo'lishni istasang bu bahslarda g'alaba qozonishing lozim.
"Arsenal" chempionlikni o'ylayotgan bo'lsa, ular hoziroq transfer oynasida ishtirok etishlari lozim. Agar ular Jezus va Nketia gollari evaziga "Vest Xem" va "Fulxem"ni taslim qilishganida, "bizga hujumchi kerak" deb o'ylasharmidi?
Hujumchi juda zarur. Bunga hech qanday shubha yo'q. "Vest Xem"ga qarshi bahsda Jezusda ikkita vaziyat bo'ldi. Touniga o'xshagan hujumchi uchun bu tupirishdek gap bo'lardi.
"Arsenal"ni uzoq yo'l kutib turibdi. Jamoa hali ham poyga ishtirokchisi. Ular Ayven Tounini qo'lga kiritishlari lozim. Ular markaziy hujumchi sotib olishmasa, chempionatda g'olib bo'lishadi deb o'ylamayman" - deydi "to'pchilar" sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar