Pogba va uning agenti talablari tufayli "Barselona" franciyalikni xarid qilmasligi mumkin
27 sen 2018 15:18
Yangiliklar
Pogba va uning agenti talablari tufayli "Barselona" franciyalikni xarid qilmasligi mumkin
"Barselona" rahbariyati "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba transferi borasida ikkilanmoqda.
Malumotlarga ko'ra, franciyalik transferiga ketadigan xarajatlar Kataloniya klubi rahbariyatini o'ylantirib qo'ygan. Ushbu transferga kamid 100 mln evro sarflanadi, ammo bu hali hammas emas. Pogba yangi jamoasida yiliga 12 mln evro ishlab topmoqchi, uning agenti Mino Rayola esa ushbu transferdan yaxshigina pul ishlab olmoqchi.
"Barselona"ning ikkilanishidan uch klub foydalanib qolmoqchi. PSJ, "Real" va "Yuventus" Pogba uchun talab qilinayotgan mablag'ni berishga tayyor.
Oldinroq, futbolchi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino bilan kelisha olmay qolgani elon qilingan edi.
Fikrlar