"Monako" Pogba bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
29 jan 18:34
Yangiliklar
"Monako" Pogba bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
O'tgan yozda monegasklar jahon chempioni unvoni sohibi bo'lgan futbolchini shov-shuvli tarzda jamoaga qo'shib olgandi. Klub Pogbaning uzoq tanaffusdan so'ng tiklanishi va o'yin ritmiga kirishi uchun vaqt kerak bo'lishini tushungan. Biroq moslashuv jarayoni cho'zilib ketdi: barcha o'yinlarda ishtirok etgan vaqti davomida franciyalik futbolchi maydonda jami taxminan 30 daqiqaga yaqin o'ynagan xolos.
Italiyaning "La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, jamoa rahbariyati futbolchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi. Holbuki rasmiy ravishda shartnoma 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Pogba mart oyida 33 yoshni qarshilaydi, ammo hozirda u mashg'ulot paytida olgan jarohati sabab yana tiklanish kursidan o'tmoqda. Uning asosiy tarkibga to'liq qaytishi istiqboli esa hozircha noaniq bo'lib qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar