Pol Skoulz: "Arsenal" APL tarixidagi eng yomon chempion bo'lishi mumkin"
28 jan 12:07
Yangiliklar
Pol Skoulz: "Arsenal" APL tarixidagi eng yomon chempion bo'lishi mumkin"
"Manchester Yunayted" afsonasi Pol Skoulz Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal"ning o'yini haqida keskin fikr bildirdi.
"Agar "Arsenal" ligada g'olib chiqsa, ular APL tarixidagi eng yomon chempionga aylanishi mumkin. Agar siz mavsum ramziy jamoasini tuzmoqchi bo'lsangiz va hujum chizig'iga to'rtta o'yinchi tanlasangiz, "Arsenal"dan hech kim bu ro'yxatga kirmagan bo'lardi.
Avvalgi chempionlarga qarang — "Liverpul" hujumchilari hayratlanarli darajada kuchli edi. "Arsenal"da yagona istisno Bukayo Saka bo'lishi mumkin, lekin u ham porlayotgani yo'q. Bu yil uning hisobida gollar va golli uzatmalar kam", — dedi Skoulz.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Arsenal" APL turnir jadvalida 50 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, biroq so'nggi turda "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berdi (2:3).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar
Yomon bölsa 50 ochko osmondan tushdimi özim myu muhlisiman lekin Arsenal Arteta kelgandan keyin chempionlik uchun kurashib kelmoqda myuchi hatto CHLgayam chiqolmayapti shunchun kim chempion bölsa tabriklab qöyish kerak tamom