So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. "Сурхон" - ОКМК. Асосий таркиблар маълум  0 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  0 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  2 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  17 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  17

Pogba Mourinyu haqida: "Munosabatlarimizni tushunib bo'lmasdi, barchasi qanday yomonlashib ketganini tushunolmayman" Yangiliklar

Pogba Mourinyu haqida: "Munosabatlarimizni tushunib bo'lmasdi, barchasi qanday yomonlashib ketganini tushunolmayman"

Pol Pogba Joze Mourinyu bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Yuventus" yarim himoyachisi va "Fenerbaxche" bosh murabbiyi "Manchester Yunayted"da 2016 - 2018 yillar davomida birga ishlagan. O'sha davrda ularning munosabatlari bir muncha yomonlashgandi: Mourinyu Pogbani jamoaning vice-sardori maqomidan mahrum qilgan va boshqa futbolchilarning oldida uni "virus" deb atagandi.

"Bizning munosabatlarimiz yigit va qiz o'rtasidagi munosabatga o'xshardi. Biz muntazam ravishda bir urishardik, bir yarashardik. 

Hammasi ajoyib boshlangandi, aynan u men Manchesterga qaytishimda muhim rol o'ynagan omillardan biri edi. U bilan suhbatdan keyin qaytishga qaror qilgandim.

Barchasi nima uchun yomonlashib ketganini, kelishmovchiliklar yuzaga kelganini tushuna olmadim. Sababi janjallarni men boshlamaganman.

Biz ko'plab murabbiy va futbolchilarda bo'lgani kabi qaysidir masalalrda turli qarashlarga ega edik. Ammo uni qattiq hurmat qilaman. Agar uni ertaga ko'rib qolsam, qattiq quchoqlardim. Kun kelib baribir ikkimiz o'tirib, barchasini gaplashib olishimiz kerak bo'ladi", – dedi Pogba.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика