Pogba Mourinyu bilan qay tariqa janjallashib qolganini aytdi
25 dek 2022 16:10
Yangiliklar
Pogba Mourinyu bilan qay tariqa janjallashib qolganini aytdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Pogba mankunianliklar sobiq ustozi Joze Mourinyu bilan qachondan munosabatlari sovuqlashganini aytdi.
"Jarohat olganimdan keyin barchasi boshlandi. Reabilitaciyani o'tkazish uchun Mayamiga yo'l olishim kerak edi. U erda jurnalistlar meni xotinim bilan rasmga olishdi. Joze o'sha rasmni Mino Rayolaga jo'natdi.
Bu esa menga maqul kelmadi. Jozening fikricha, barcha mehnat qilib, mashg'ulot o'tayotgan bir paytda men dam olib o'tirgan ekanman. Bu gap menga yoqmadi: "Joze, jiddiy aytyapsanmi? Men jarohatlanganman, bu erda 3 mahal maxsus mashqlarni bajaryapman. Meni kim deb o'ylayapsan?". Hammasi shu joyda boshlangandi", - dedi Pogba.
Francuz 2016-2018 yillar davomida Mourinyu qo'l ostida "MYU"da o'ynadi va birgalikda Evropa ligasida g'olib bo'ldi. Ayni damda Mourinyu "Roma"da, Pogba esa "Yuventus"da.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar