So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 2:2 (матнли трансляция)   222 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Piter Xyuistra: "Paxtakor" O'zbekiston kubogini yuta olmaydi? Balki "Qizilqum" bosh murabbiyi ko'proq narsani bilar" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Paxtakor" O'zbekiston kubogini yuta olmaydi? Balki "Qizilqum" bosh murabbiyi ko'proq narsani bilar"

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Lokomotiv"- "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o'tdi.





"Ilk daqiqalardan boshlab xavfli vaziyatlar yaratishga urindik. Raqibga bosim uyushtirish yo'lini topdik. Mezbonlar faqat standart vaziyatlardagina keskinlik yuzaga keltira olishdi. O'yindagi ustunlik to'liq jamoamiz tomonida bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'yin suratini saqlab qolishdi.  "Paxtakor"ning  "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga qarshi bahslari doim shiddatli o'tadi. Futbolchilarning harakatlaridan ko'nglim to'ldi",- deydi Piter Xyuistra. 

-"Lokomotiv"dan shu darajada bo'sh o'yin kutganmidingiz?

- Raqib yaxshi o'zing ko'rsatadigan jamoa. Biz ularga himoyadan hujumga o'tish vaqtidayoq bosim uyushtirdik. Bo'sh xududlar bermadik. 

- SHerzod Azamov va Xojiakbar Alijonovning holati haqida nima deya olasiz?

- SHerzod Azamov hali yuz foiz tayyor emas. Xojiakbar Alijonov terma jamoadan jarohat bilan qaytgan. Jamoada 24 nafar futbolchi bor. Ularning har biri imkoniyat olishga haqli. Boyan Matichning so'nggi paytlarda sog'lig'i bilan bog'liq muammosi bor edi. Bugun unga imkoniyat berdik. Lekin oyog'ida biroz og'rig'i bor. 

- Mavsum deyarli yakunlandi. Eng yaxshi va yomon 3ta maydonni ayta olasizmi?

-  "Paxtakor",  "Lokomotiv",  "Nasaf" maydonlari yaxshi holatda. Qolgan maydonlarni ichidan yomonini tanlab olsa bo'ladi. 

- "Qizilqum" bosh murabbiyi ishonch bilan "Paxtakor" bu yil O'zbekiston kubogini yuta olmasligini aytdi. Bunga fikringiz qanday?

- Balki, "Qizilqum" bosh murabbiyi ko'proq narsani bilar. Lekin biz harakat qilamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика