So’nggi yangiliklar

21:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. ФИНАЛ. Бразилия — Аргентина (матнли трансляция)  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  7 20:19"Монца" — "Рома". Шомуродов захирада  4 20:10"Динамо" — ЦСКА. Файзуллаев дербини асосий таркибда бошлайди  1 20:03"Ал Айн" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди  1 19:51"Айнтрахт" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 19:41"Брайтон" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:15Ла Лига. "Барселона" "Алавес" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  2 19:00Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов "Тракторсози" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

PFLdan to'g'ri qaror Yangiliklar

PFLdan to'g'ri qaror

Teglar :  MetallurgPFLBekobod
Nihoyat Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" qaerda bo'lib o'tishi haqida bir qarorga kelindi.

Mazkur bahs avvaliga "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tishi kutilgandi, hatto "Metallurg" bu borada "Bunyodkor" bilan kelishib ham qo'ygandi. Ammo PFL "Metallurg" hech qanaqasiga Toshkentda o'ynamasligiga qattiq turib oldi. To'g'ri-da, axir biz Superligadan bahs yurityapmiz, hamma o'zida o'ynagani maqul.

Malum bo'lishicha, Bekobod shahridagi stadionda yoritgich bilan bog'liq muammolar bor. 2018 yil musobaqalar reglamentiga ko'ra, stadionda yoritish tizimi 1200 lyuks bo'lishi kerak. Yaxshi bilasiz, o'yinlar 18:00 va 20:00da boshlanyapti. SHunday ekan, yoritgich darajasi ham shunga muvofiq bo'lishi shart. Bu haqda reglamentda alohida yozib qo'yilgan.

Bundan tashqari, reglamentda agar o'yin paytida stadion chiroqlari o'chib qolsa-yu, bir soat ichida yonmasa mezbon jamoaga nisbatan texnik mag'lubiyat yozilishi ham alohida uqtirilgan. "Metallurg" masalasiga qaytadigan bo'lsak, jamoaning Toshkentda o'ynashiga klub ruxsat bermaganidan keyin bekobodliklar Olmaliq variantini tanlashdi va "Qo'qon-1912"ga qarshi bahs Olmaliq shahrida o'tkazilishi elon qilindi.

PFL bunga rozidek edi, ammo keyinchalik yakuniy qarorni qabul qilib nima bo'lishidan qatiy nazar, "Metallurg" o'z maydonida to'p tepishini va uchrashuv 18:00da boshlanishini malum qildi. Buni esa juda o'rinli va to'g'ri qaror deya olamiz. Nega deganda biz avvalgi yillari PFLni ko'p tanqid qildik. CHunki ko'p uchrashuvlar kuni o'zgarar, hatto o'yin kuni soat ham o'zgarib qolardi. Bu esa tabiiyki ko'pchilikka yoqmasdi.

Biz PFLdan nima xohlaymiz? Avvalo barcha uchrashuvlar belgilangan vaqtda belgilangan joyda bo'lib o'tishini. Agar Bekoboddagi stadion hamon Superligaga tayyor emas ekan, bu klubning muammosi. Axir o'tgan yilning noyabr oyidan beri aytib kelinmadimi, stadioni tayyormas jamoa Superligaga qo'yilmaydi deb.

Qo'limizda taqvim bor, o'yinlar sanasi bor, o'yinlar o'z vaqtida muammosiz o'tkazilsa shu bilan olam guliston. SHundoq ham dastlabki ikki turda ikkita o'zgarishga guvoh bo'ldik. Birinchisi, "Metallurg" - "Navbahor" bahsi 2 martdan 4 martga ko'chirilgani, ikkinchisi "Qo'qon-1912"ning "Qizilqum" bilan o'z maydonida emas, balki Navoiyda o'ynagani. Agar 3-turda yana o'zgarish bo'lganida bunisi endi ortiqcha bo'lardi. SHu bois PFL klublarga nisbatan qattiq turib to'g'ri qilyapti. Zero, har bir jamoa uy uchrashuvlarini oz bo'ladimi yo ko'pmi, o'z muxlislari qarshisida o'tkazgani maqul.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика