Isak "Liverpul"ga o'tishni istamoqda, "Nyukasl" esa qarshi
01 avg 18:34
Yangiliklar
Isak "Liverpul"ga o'tishni istamoqda, "Nyukasl" esa qarshi
"Nyukasl" "Liverpul"ning Aleksander Isak bo'yicha yirik taklifini rad etdi.
Mersisaydliklar 25 yoshli hujumchi uchun 140 million evro va bonuslar berishga tayyor edi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, "Nyukasl" futbolchini saqlab qolishda turib oldi va Isakka tovon puli belgilagan holda, shartnomani uzaytirishni taklif qildi, biroq forvardning o'zi buni rad etdi va klubga jamoani tark etish niyatida ekanligini malum qildi.
Ayni damda Isak "Liverpul" bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi: 2030 yilgacha mo'ljallangan bitim, yiliga 17 million evro atrofida maosh.
"Liverpul" va "Nyukasl" muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo "hakkalar" hujumchi uchun kamida 170 million evro talab qilmoqda, bu taklif qilingan summadan sezilarli darajada yuqori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar