So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

PFL rahbariyati futbol muxlislariga murojaat bilan chiqdi Yangiliklar

PFL rahbariyati futbol muxlislariga murojaat bilan chiqdi

Teglar :  PFLmuxlislar
Professional futbol ligasi futbol uchrashuvlarida sog'lom raqobat bo'lishidan manfaatdor.

Jamoalarning o'zaro kelishuvi, hakamlarning u yoki bu jamoaga yon bosishi, futbolga totalizatorning aralashishi oqlab bo'ladigan jihat emas. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, uning ishtirokchilari nafaqat futboldan chetlashtiriladi, balki ularga qonuniy jazo tayinlanishi uchun ish tegishli organlarga ham taqdim etiladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi bunday holatlarga qarshi kurashish maqsadida bo'lim tashkil qilgan. Uning xodimlari yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan ish olib bormoqda. SHunga qaramay, hakamlik masalasida va boshqa mavzular yuzasidan qator etirozlar doimiy ravishda kelib turadi.

Umuman olganda, bu normal holat. Hakamlikda inson faktori yotadi, ular ham xato qiladi. Xatolar qasddan bo'lmagani holida referilarni oqlash mumkin. Biroq ularning qarorida qandaydir manfaat yotgani aniqlansa, o'sha hakam futbolga qaytib yaqinlashtirilmaydi.

Ayni vaqtda O'FA rahbariyati futboldagi illatlarga qarshi quruq kurashibgina qolmay, ularning oldini olish yuzasidan ham choralar ko'rmoqda. Professional futbol ligasi ishchi guruhi alohida baza ishlab chiqayotgan bo'lib, 2019 yildan boshlab Superliga, Pro-Liga, 2-liga, bolalar futbol maktablari, futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari unga bosqichma-bosqich kiritib boriladi. Bazada futbolchilar, murabbiylar, hakamlarga tegishli barcha malumotlar bo'ladi. SHu tariqa O'FA hamda PFL futbolchilarni maktab davridan buyon nazorat qilib boradi. Ularda yoshni kichiklashtirish yoki boshqa turdagi illatlar bo'lmasligida mazkur baza muhim o'rin tutadi. Futbolchining maktabga qachon qabul qilingani, futbol saboqlarini o'rganishni kimdan boshlagani, keyinchalik qaysi klublarda va qanday to'p surgani borasidagi malumotlar sekin-astalik bilan kiritib chiqiladi.

Hakamlik masalasidagi muammolarga qarshi ham quruq gap-so'z bilan kurashishning o'zi kamlik qiladi. FIFA bu masala yuzasidan yillar davomida izlanish olib, VAR tizimini yaqindagina sinovdan o'tkazganini hamma ko'rdi. Angliya Premer-ligasi esa bir necha yillardan buyon golni aniqlaydigan texnologiyalardan foydalanib keladi.

O'zbekiston futboli ham yaqin kelajakda mana shunday texnologiyalarni o'ziga singdiradi. Hozircha esa birinchi o'rinda futbol maydonlarini yaxshilash, akademiyalar tashkil qilish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, futbolning yagona bazasini yaratish, klublar saviyasini hamda infratuzilmasini yaxshilash kabi qator masalalar turibdi. Yani, yuqoridagi qimmat texnologiyalar kirib kelguniga qadar amalga oshirish kerak bo'lgan ishlar talaygina.

Professional futbol ligasi millionlar o'yini muxlislarini qadrlaydi. Joriy yilning o'zida stadionlarda ichimliklar va eguliklar sotilishi, Ramazon kunlarida farz amallarini bajarish uchun sharoitlar, Jahon chempionati vaqtida ichki chempionatda tanaffus bo'lishi, uchrashuvlarning ish vaqtida start olmasligi, futbol uchrashuvlari oldidan koncert dasturlari, ko'ngilochish uchun maydonlar kabi masalalar amalga oshdi. PFL bular bilan to'xtab qolmaydi. Boisi, muxlislarsiz futbol o'z jozibasini yo'qotadi, futbol muxlislar uchun o'ynalmasa, unga shuncha mablag' ajratishdan mani yo'q.

SHu o'rinda biz futbol muxlislaridan ham sabr va toqatni so'raymiz. Hakamlik, futbol klublaridagi, stadionlardagi muammolar sekin-asta bartaraf etib boriladi. Yuqorida aytilganidek, kimnidir quruq ayblash bilan ish bitmaydi. Zamonaviy texnologiyalarning futbolga kirib kelishi har qanday aybni fakt bilan ko'rsatib berilishiga sabab bo'ladi, shuningdek, kasbi og'ir bo'lgan hakamlar ishini ham engillashtiradi. Buning uchun esa moddiy-texnik baza talab darajasida bo'lishi shart.

Muxlislar tomonidan beriladigan takliflar albatta o'rganib chiqiladi. Ular o'zlarining fikr-mulohazalari yozilgan maktublarni bemalol info@pfl.uz pochta manziliga jo'natishlari mumkin. Umid qilamizki, futbol uchrashuvlari vaqtida muxlislar o'zini yaxshi tomondan tutadi. Maydonga turli buyumlarning uloqtirilishi ko'ngilsiz voqealarga sabab bo'ladi, tarbiyali odam bunday ishga yo'l qo'ymaydi. Uchib kelayotgan qandaydir jism stadionga qadamlari endigina boshlangan sizning farzandingizga tegishi, uni zararlashi mumkin ekanini doim yodda saqlashingizdan umidvormiz.  

Sizga cheksiz hurmat bilan Professional futbol ligasi rahbariyati.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика