So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

PFL nega faqat Baqoevni jarimaga tortdi. Boshqalarga mumkinmi? Yangiliklar

PFL nega faqat Baqoevni jarimaga tortdi. Boshqalarga mumkinmi?

4 mart kuni PFL saytida Superliganing "1-tur uchrashuvlari paytida reglament talablarini buzgan rasmiy shaxslarga nisbatan jarima choralari qo'llanildi" degan xabar chiqdi.

Ushbu xabarda "Superliganing 1-turi doirasidagi “Mashal” - “So'g'diyona” futbol klublari o'rtasidagi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng “So'g'diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etmagani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.17-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo'llanildi", - deb yozilgan.

Qizig'i aynan o'sha o'yindan keyin "Mashal" bosh murabbiyi Zoir To'raqulov ham matbuot anjumanida ishtirok etmagandi. Birinchi turda ham ikkinchi turda ham "Mashal" katta murabbiyi Dilyaver Vaniev matbuot anjumanida qatnashdi.

2-turda "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov ham matbuot anjumaniga kirmadi. Uning o'rniga Obid Xudoyorov keldi.

Biroq PFL hozirgacha faqat Ulug'bek Baqoevga nisbatan jarima qo'lladi? Ushbu xabardan so'ng "Mashal" yoki "Qizilqum" klubi vakillari bizdan norozi bo'lishlari mumkin. Ammo ertaga shu holatning aksi bo'lsa biz "Mashal" yoki "Qizilqum"ni yonini olishga tayyor.

SHunchaki PFL barcha klublarga birdek munosabatda bo'lishini istaymiz xolos.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика