PFL Farhod Bekmurodovni jazolash masalasida O'FA qo'mitasiga murojaat qiladi
11 mar 2024 11:01
Yangiliklar
PFL Farhod Bekmurodovni jazolash masalasida O'FA qo'mitasiga murojaat qiladi
PFL mazkur holatda bosh hakam tomonidan chiqarilgan qarorni qo'llab-quvvatlaydi.
O'sha daqiqada mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonalievdan zarba qabul qilib olgan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni erga yotishga majbur qildi. Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidan-da beo'xshov harakatni amalga oshirdi. Liga bu holatni qattiq qoralaydi.
Malumki, 2024 yildan boshlab uch holatda ogohlantirish olgan futbolchi jarimaga tortiladi. Mazkur holatlar ichida simulyaciya uchun olingan sariq kartochka ham muhim o'rin tutadi. Garchi hakam Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko'rsatmagan bo'lsa-da, bu uni jazodan chetda qoldirmaydi. PFL sportchilarga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qo'mitasiga kiritadi.
PFL o'zi ro'yxatdan o'tkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol bo'lishga chaqiradi. 2024 yildan boshlab halollik va mardlikka ters bo'lgan har qanday hatti-harakat PFL tomonidan taqib etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar