"Persepolis" klubi bugun O'zbekiston - Eron uchrashuvida maydonga tushadigan futbolchini sudga berdi
10 okt 13:31
Yangiliklar
"Persepolis" klubi bugun O'zbekiston - Eron uchrashuvida maydonga tushadigan futbolchini sudga berdi
Gap shundaki darvozabon 2022 yil 31 may kuni "Persepolis" bilan 3 yillik shartnoma tuzgan va kelishuv 2025 yil yozida tugashi kerak edi. Ammo 2024 yil iyul oyida futbolchi klub bilan shartnomani bekor qilib "Traktorsozi" klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.
Yaqindagina bergan intervyusida Alirizo shartnomani bekor qilish uchun "Persepolis" direktorlaridan biriga shartnomaga bir tomonlama bekor qilish punktini qo'shish uchun 90 ming AQSH dollari pora berganini elon qildi. Qo'shimchasiga futbolchi menda o'sha 90 ming berayotganida olingan video bor deb aytdi.
"Persepolis" rahbariyati esa shartnomani bir tomonlama bekor qilganlikda ayblab, Beyranvandni sudga berdi. Sud darvozabon 400 ming AQSH dollari to'lashi haqida qaror chiqardi.
Fikrlar