Pepe: "JCHni Ronaldusiz tasavvur qila olmayman"
10 okt 2017 10:01
Yangiliklar
Pepe: "JCHni Ronaldusiz tasavvur qila olmayman"
Portugaliya terma jamoasi o'z maydonida guruh etakchisi SHveycariya termasini qabul qiladi. Eslatib o'tamiz, mehmonlar bu bosqichda hali umuman ochko yo'qotishmagan, hamda Ronaldu va jamoasini 3 ochkoga ortda qoldirishmoqda. Mezbonlarni bu o'yinda faqat g'alaba qanoatlantiradi. SHundagina ular Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma sohibiga aylanadilar.
Portugaliya termasi markaziy himoyachisi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon CHempionatini Ronaldusiz tasavvur qila olmayman. Ha, kelajakni avvaldan aytib bo'lmaydi. Nima bo'lishini faqat yaratgan biladi, ammo shunisi aniqki, bizni o'ta muhim o'yin kutib turibdi. Butun Portugaliya bizga ishonadi va qo'llab-quvvatlaydi. SHveycariya bilan bahsda vatan obro'si, muxlislar xursandchiligi uchun ham g'alaba qozonmoqchimiz", deydi Pepe.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar