Pep Gvardiola: "Tezda qaytamiz, ko'nglim sezyapti"
29 noy 2024 22:47
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Tezda qaytamiz, ko'nglim sezyapti"
"Tezda qaytamiz, ko'nglim sezib turibdi. Qachonligini bilmayman, lekin qaytamiz. Bu haqiqat. Biz Premer-liga turnir jadvalida 2-o'rindamiz, natijalar bobida ishlarimiz yomon, o'tgan o'yinlar davomida yomon o'ynamadik, lekin bu g'alabalar uchun etarlicha bo'lmadi.
So'nggi 10 yillikdagi eng barqaror jamoa? Bunaqasi yo'q, NBAda ham, tennisda ham, golfda ham, sportning istalgan turida ham yo'q. So'nggi 10 yillikda bunday jamoani ko'rmaganmiz. Afsus.
Tarkibni to'liqligicha o'zgartirish? Bunday fikrga qarshiman. Uch oy oldin biz Premer-ligani yutdik, Angliya Kubogi finaliga, ECHL chorak finaliga chiqdik, "Real"ga mag'lub bo'ldik. Bu o'sha jamoa", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" so'nggi 6 o'yinida 5 mag'lubiyat va 1 durang qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar