Pep Gvardiola kichik hisobdagi g'alabadan so'ng: "Barchasi joyida. CHunki, "CHelsi" yaxshi jamoa"
10 noy 2022 09:55
Yangiliklar
Pep Gvardiola kichik hisobdagi g'alabadan so'ng: "Barchasi joyida. CHunki, "CHelsi" yaxshi jamoa"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Liga kubogi doirasida "CHelsi"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizda barchasi joyida. O'yin natijasidan mamnunman, chunki "CHelsi" juda yaxshi jamoa.
Xulian Alvares muhim futbolchi. U ko'p gol urmoqda va jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bilan raqobatlashyapti. Erling hali formagan kirgani yo'q. Ular birgalikda o'ynashlari ham mumkin. Yaxshi futbolchilar doim birga o'ynay oladilar.
SHtefan Ortega uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Bu "CHelsi" qay darajada yaxshi ekanligini ko'rsatmoqda. U ideal o'yin ko'rsatganligini inkor qilmayman. Biz uni har kuni ko'ramiz. U ajoyib darvozabon va yaxshi inson. So'nggi vaqtlarda u uchta o'yinda qatnashdi va ularda yaxshi harakat qildi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar