Pelening portreti aukcionda yarim million evroga sotildi. Xaridor hammamizga tanish
18 may 2024 00:50
Yangiliklar
Pelening portreti aukcionda yarim million evroga sotildi. Xaridor hammamizga tanish
Ushbu aukciondan tushgan mablag' xayriya ishlariga sarflanadi.
16 may kuni PSJ klubi futbolchilari Artcurial kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan xayriya aukcionida qatnashishdi.
Afsonaviy futbolchi Pelening "Qirol" deb nomlangan portreti 5 ming evro boshlang'ich narx bilan savdolarga qo'yildi.
Boshida ushbu kartinaga olti kishi davogarlik qildi. Suratning narxi 300 ming evroga ko'tarilganidan so'ng, kurashga Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi qo'shildi. Yakunda Kilian jamoadoshini quvib o'tdi va Pelening portretini 520 ming evroga sotib oldi.
Ushbu tadbirda umumiy hisobda 2,7 mln evro mablag' yig'ildi. Bu pullarning barchasi xayriya maqsadida ishlatiladi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar