So’nggi yangiliklar

18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  12 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  7 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  11 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  16 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  22 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  7 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6

"Paxtakor"dagi sukunat qachongacha davom etadi? Yangiliklar

"Paxtakor"dagi sukunat qachongacha davom etadi?

O'zbekistonning eng kuchli klubida hozir bosh murabbiy kim?

Bu savolga jamoaning muxlislar ham, jurnalistlar ham javob bera olishmaydi. Sababi mavhumlikda.

Gruziyalik murabbiy SHota Arveladzening 31 dekabr kuni klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi. U 21 dekabr kuni tunda Turkiyaga, oilasi bilan Yangi yil bayramini kutib olishga uchib ketdi. "Paxtakor" futbolchilari bilan xayrlashganda uning ko'zidan yosh chiqdi. CHetdan bu xayrlashuv ko'z yoshlariga o'xshadi. Kamiga 3,5 yil davomida "Paxtakor"da ishlagan SHota Arveladze instagramdagi o'z sahifasida Alisher Usmonovga va "Paxtakor"ga minnatdorchilik bildirdi. Bu xayrlashuv maktubiga o'xshadi chetdan.

SHundan keyin "SHerlar"ga uning yordamchisi Piter Xyuistra yoki Jasur Abduraimov bosh murabbiy bo'lishi haqida turli xabarlar chiqa boshladi. Bir necha kun oldin championat.asia sayti Piter Xyuistra bosh murabbiy bo'lganini elon ham qildi. Ammo o'sha kuniyoq "Paxtakor" raddiya berdi va murabbiylar shtabida hech qanday o'zgarish bo'lmaganini elon qildi.

Jamoa 14 yanvar kuni yig'iladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Bunga 5 kun vaqt qoldi. Hozirgacha yangi bosh murabbiy nomi rasman elon qilingani yo'q yoki SHota Arveladzening qaytib kelib shartnomani uzaytirgani haqida xabar chiqqani yo'q. Demak klub rahbariyati hamon bir qarorga kelgani yo'q degan taxmin qilishimiz mumkin. Agar qaror qabul qilinganida rahbariyat darhol klub matbuot xizmatiga bu haqda malum qilgan bo'lardi va rasmiy saytda xabar chiqardi, bunga shubhamiz yo'q.

Etiborlisi "Paxtakor"da bosh murabbiydan boshqa barchasi malum. Klub qachon yig'ilishi, qaysi sanada Dubayga uchib ketishi, jamoa qaysi mehmonxonada istiqomat qilishi, "Zenit", "Spartak" bilan o'rtoqlik o'yinlari qachon va soat nechida, qaysi stadionda o'tishigacha malum. Biroq bosh murabbiy masalasi...

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика