So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  18 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  17 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

“Paxtakor” Turkiyadagi so'nggi nazorat uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi Yangiliklar

“Paxtakor” Turkiyadagi so'nggi nazorat uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi

Teglar :  PaxtakorVardar
Turkiya yig'inidagi oxirgi nazorat o'yinida toshkentlik futbolchilari "Vardar"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda "Paxtakor"ning ustunligi sezilib turdi va ikkinchi bo'limda urilgan gollar bellashuv "Paxtakor"ning g'alabasi bilan tugashini taminladi. Tanaffusga qadar raqib posboni  Hakimov, Azamov va Ahmedovning urinishlarini bartaraf erishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushirilgan futbolchilar makedoniyaliklar darvozasini ishg'ol etishdi. Dastlab Ibrohimov aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Kanyuk yaqin masofadan oradagi farqni ikkitaga etkazdi. SHunday qilib, Turkiyadagi oxirgi nazorat uchrashuvida "Vardar" 2:0 hisobida dog'da qoldirildi.

"Paxtakor" Turkiyada o'tgan yig'inni yakunladi va 22 yanvardan tayyorgarlikni Toshkentda davom etiradi. Belekda "Turgutluspor" (3:0), "Amedspor" (2:0), "Partizani" (3:1) va "Vardar" (2:0)ga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazilganini eslatib o'tamiz.


Nazoratch uchrashuvi. 20.01.2018.

"PAXTAKOR" - "VARDAR" - 2:0 (0:0)

"Paxtakor": Lobanov (Suyunov, 46), Kozak (Sayfiev, 46), Simich, Azamov (Tojiev, 84), SHorahmedov, Rahmatullaev (Kanyuk, 77), Ahmedov (Ismatullaev, 65), Masharipov, Iskanderov, Abdurahimov (Ibrohimov, 65), Hakimov (G'anixonov, 77).

Gollar: Ibrohimov 76, Kanyuk 83.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика