So’nggi yangiliklar

08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  5 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  4 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  1 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  11 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  7 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  15 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  3 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  20 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  22

OCHL Elitda 2-tur tugadi. "Paxtakor"ning Erondagi o'yini haqida Yangiliklar

OCHL Elitda 2-tur tugadi. "Paxtakor"ning Erondagi o'yini haqida

30 sentyabr - 1 oktyabr kunlari Osiyo CHempionlar ligasi Elit musobaqasida 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Eronda "Persepolis" mehmoni bo'lgan "Paxtakor" 1:1 hisobini qayd etib, o'z hisobiga dastlabki ochkoni yozib qo'ydi.

Umuman olganda bu tur faqat shu o'yinda durang qayd etildi. Qolgan 5ta o'yinning to'rttasida mezbonlar g'alaba qozongan bo'lsa, bitta bellashuvda mehmon jamoaning qo'li baland keldi. Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi safarda "Al Vasl"ni mag'lub etib qaytdi.

OCHL Elit. 2-tur natijalari

30 sentyabr. "Al Sadd" - "Istiqlol" 2:0
30 sentyabr. "Persepolis" - "Paxtakor" 1:1
30 sntyabr. "Al Vasl" - "Al Ahli" 0:2
30 sentyabr. "Al Nassr" - "Al Rayan" 2:1
1 oktyabr. "Al Garafa" - "Al Ayn" 4:2
1 oktyabr. "Al Hilol" - "Al SHorta" 5:0

Eng yirik hisob "Al Hilol" ishtirokidagi bahsda kuzatildi. Iroqning "Al SHorta" klubini qabul qilgan saudiyaliklar raqib darvozasiga javobsiz 5ta gol urishdi. Eng ko'p gol urilgan o'yin Qatardagi bellashuvda ro'y berdi. "Al Garafa" o'z maydonida amaldagi Osiyo chempionlar Ligasi g'olibi "Al Ayn" ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi.




"Paxtakor" o'yini haqida

OCHL Elit ilk turida mag'lubiyatga uchragan "Paxtakor" bor etiborini ikkinchi o'yinga qaratib, ijobiy natija bilan qayd etish maqsadida Eronga yo'l oldi. "Persepolis"ga qarshi bahs qiyin kechishi malum edi, chunki bu jamoa ham ilk o'yinida mag'lubiyatga uchragandi. SHu kuni maydonda har ikki mamlakat chempionlari o'zaro bahs olib bordi.

"Paxtakor" tezkor gol o'tkazib yubordi. 1-daqiqadayoq mezbonlar hujumchisi Ali Alipur to'p kiritib, o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Lekin "Paxtakor" bu bilan "cho'kib" qolmadi, aksincha sekin-asta vaziyatni o'z qo'liga olishga harakat qildi. Odatda ko'p jamoalar tezkor gol o'tkazsa, buyog'iga nima qilishni bilmay qoladi. Lekin "Paxtakor" vaziyatga vazminlik bilan yondashdi va murakkab holatdan chiqib keta oldi.

"Paxtakor"ning hisobni tenglashtiruvchi goli 59-daqiqaga to'g'ri keldi. Bu vaziyatda Sardor Sobirxo'jaevdan to'pni qabul qilib olgan jamoa sardori Dragan CHeran uzoqdan kuchli zarba yo'llab gol muallifi bo'ldi. Bemalol aytish mumkin, shu kuni CHeran maydondagi eng yaxshilardan biri bo'ldi va haliyam yuqori sifatda futbol namoyish etishini isbotladi.

Sofascore "Paxtakor" o'yinchilaridan uch nafarini alohida etirof etdi. Bular - Dragan CHeran (7,7 ball), Muhammadqodir Hamraliev (7,4) va Hojiakbar Alijonov (7,4). Maydon egalari safida eng yuqori ballga gol urgan hujumchi Ali Alipur (7,7) loyiq ko'rildi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, shu kuni "Paxtakor" 48% to'pga egalik qildi. Darvoza tomon 19ta zarba yo'llab, shundan 5tasini darvozabon qaytardi. Taqqoslash uchun "Persepolis"da zarbalar soni 9ta bo'ldi. Bu ham "sherlar"ning nisbatan yaxshi harakat qilganini ko'rsatadi.


VIDEONI KO'RISH




"Paxtakor" ushbu durangdan so'ng 9-o'rinda bormoqda. Qolgan o'yinlarda ham ijobiy natija qayd etib, kamida 8-o'rindan pastga tushmaslik talab etiladi. CHunki keyingi bosqichga faqat 1-8 o'rinlar chiqadi. "Paxtakor"ning navbatdagi uchrashuvi 21 oktyabr kuni Iroqda "Al SHorta"ga qarshi bo'lib o'tadi.

OCHL Elit. 3-tur uchrashuvlari

21 oktyabr. "Al SHorta" - "Paxtakor"
21 oktyabr. "Al Sadd" - "Persepolis"
21 oktyabr. "Al Ayn" - "Al Hilol"
21 oktyabr. "Al Rayan" - "Al Ahli"
22 oktyabr. "Al Nassr" - "Istiqlol"
22 oktyabr. "Al Garafa" - "Al Vasl"


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика