So’nggi yangiliklar

22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  6 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  8 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  4 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  4 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  22 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  5 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  49 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10

Superliga. Kamchilikda qolib ketgan va ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurgan "Paxtakor" "Qizilqum" bilan durang qayd etdi Yangiliklar

Superliga. Kamchilikda qolib ketgan va ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurgan "Paxtakor" "Qizilqum" bilan durang qayd etdi

"Paxtakor" hamda "Qizilqum" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 9-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Paxtakor" – "Qizilqum" 1:1
25 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Bosh hakam: Farruh Yansupov
Qanot hakamlari: Rasul Fozilov, Maksim Nechoxin
Zaxira hakami: Nikita Mustafin
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gollar: Elgudja Lobjanidze 42` — Dostonbek Hamdamov 51`


"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Holmatov, 10.Dragan CHeran, 15.Diyorbek Ortiqboev (31.Muhammadali Usmonov 46), 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 14.Nurlan Ibraimov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 20.Dilshod Abdullaev, 24.Kirill Todorov, 29.Muhriddin Pazliddinov, 79.Abdushukur Maxamatov, 99.Abbos Ergashboev.

"Qizilqum": 12.Robert Ozols, 4.Ilhomjon Vahobov, 7.Davron Anvarov, 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Elguja Lobjanidze, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev (71.Jamoliddin Ubaydulloev 46), 23.Samandar SHukurillaev, 27.SHahboz Jo'rabekov, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (99.Asadbek Asadov 72)
Zaxira: 1.Xumoyunshox Sayyotov, 9.Xumoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 24.Abduholiq Tursunov, 28.Akmaljon Muzafarov, 76.Ramazon Rabbimov, 79.Diyor Raxmatilloev.


Paxtakor

Dostonbek Hamdamov - 51'

Superliga. 9-tur

25/05/2024, 19:00

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Elguja Lobjanidze - 41'

45'
90'
51'  Dostonbek Hamdamov
56'  Sardor Sobirxo’jayev
41'  Elguja Lobjanidze



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Bo'ldi, Farruh Yansupov final hushtagini chaldi va bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

90+5-daqiqa. "Paxtakor" vakili hujumda fol ishlatdi.

90+3-daqiqa. "Qizilqum" burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq bu safar ham standartdan "bir ish" chiqmadi.

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi

88-daqiqa. Hamraliev zo'r zarba berdi, ammo Robert ham ajoyib seyv amalga oshirib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

84-daqiqa. Jo'rabekov individual harakatlar evaziga bir necha nafar raqiblarini ortda qoldirib, jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, lekin himoyachi oxirgi pallada to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasidan keiyn ish zarbagacha etib bormadi.

80-daqiqa. CHeran yana bir qulay imkoniyatdan foydalana olmayapti. Havodan uzatilgan to'pni Dragan himoyachilarning taqibisiz, xotirjam holda darvozaga yo'lladi, lekin bu safar ham mo'ljalda adashdi. 

75-daqiqa. Xolmatov o'rnidan turdi va o'yinni davom ettira oladi.

74-daqiqa. Ogohlantirish! Samandar SHukurillaev maydon markazida raqibiga nisbatan qo'pol harakat qildi va kartochka ishlab oldi. 

72-daqiqa. O'zgarish! Jumanqo'ziev o'yin davom ettira olmaydigan bo'lib chiqdi. Uning o'rniga Asadbek Asadov maydonga tushdi.

71-daqiqa. Jumanqo'ziev maydonda yotibdi. Zo'riqish oqibatida, futbolchining oyoq tomirlari tortishib qolgan ko'rinadi.

68-daqiqa. "Qizilqum" to'pni nazorat qilmoqda.

65-daqiqa. Muhammadqodir Hamraliev uzoq masofadan zarba yo'lladi, darvozabon takroriy urinishda to'pni ushlab oldi. 

62-daqiqa. "Paxtakor" yana vaziyat bo'ldi. Biroq oxirgi zarbaga aniqlik etishmadi. 

61-daqiqa. CHeran+Hamdamov kombinaciyasidan keyin Dostonbek darvozabon bilan birga-bir vaziyatda qolishi mumkin edi, lekin birinchidan, vinger to'pni o'ziga o'nglay olmadi, ikkinchidan, yon hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi.

59-daqiqa. CHeran "Paxtakor"ni oldinga olib chiqishi kerak edi. Umar Adhamzodaning faolligidan keyin CHeran qulay vaziyatdan boshi bilan to'pni noaniq yo'lladi. 

58-daqiqa. Bir kishi ko'p bo'lib olgan "Qizilqum" darhol oldinga tashlandi. Lekin uzatmaga aniqlik etishmadi.

56-daqiqa. OgohlantirishHakam bilan tortishgani uchun CHeranga sariq!

56-daqiqa. QIZIL! Vaziyatni takroran ko'rib chiqqan Yansupov "Paxtakor" yarim himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatdi!

"VAR". Sobirxo'jaevga qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin.

51-daqiqa. GOOOOOL! Hamdamovning faolligidan keyin to'p olib qo'yildi va tezkor hujumni Dostonbekning o'zi aniq zarbasi bilan yakunladi. 

48-daqiqa. Lobjanidzega nisbatan fol ishlatildi. Fayzullobek Jumanqo'ziev uzatmasi qovushmadi va himoyachi to'pni qaytardi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarish! Diyorbek Ortiqboev o'rniga esa Muhammadali Usmonov tushdi.

O'zgarish! SHahzodbek Rahmatullaev tanaffusdan qaytmadi va uning o'rnini Jamoliddin Ubaydullaev egalladi. 

Aynan shu pallada Farruh Yansupov bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi — tanaffus!

45+6-daqiqa. Zarbani Xolmatov amalga oshirdi — biroz noaniq.

45+5-daqiqa. Ogohlantirish! Davron Anvarov oldinga o'tib ketayotgan Sobirxo'jaevni yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. "Paxtakor" uchun yana bir standart, ammo masofa biroz uzoqroq.

45+4-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.

CHeran to'pni erdan yo'naltirishga qaror qildi, himoyachiga tegib to'p maydonni tark etdi.

45+2-daqiqa. Jarima maydonchasi yaqinida Xolmatovga nisbatan fol ishlatildi. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. "Qizilqum" vakillari to'pni uzoqlashtirishdi.


42-daqiqa. GOOOOOOL! Elguja Lobjanidze raqibini juda chiroyli tarzda dog'da qoldirib, zarba yo'lladi va "Qizilqum"ni oldinga olib chiqdi.

38-daqiqa. To'p uchun kurashda Hamdamov Giorgi Kuxianidzening oyog'ini bosib oldi.

35-daqiqa. "Paxtakor" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Lobjanidzening zarbasidan keyin to'p to'singa tegdi va Pavlyuchenko uni maydondan chiqarib yubordi.

33-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'p maydoning qarama-qarshi tomonidan chiqib ketdi.

O'yin davom etadi.

29-daqiqa. Abdumajidovning qanotdan uzatmasidan keyin Dostonbek Hamdamov to'pni darvozaga yo'llagandi, lekin to'p yo'liga Jo'rabekov to'g'anoq bo'ldi... Biroq to'p uning qo'liga tegmadimikin? "VAR" vaziyatga oydinlik kiritib beradi.

28-daqiqa. "Paxtakor" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

25-daqiqa. Mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. Uzatmadan keyin Pavlyuchenko to'pni mushtlari bilan uzoqlashtirdi.  

23-daqiqa. "Qizilqum"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli tus olayotgandi, lekin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

18-daqiqa. Takroriy urinishda yana Dragan zarba yo'lladi, ammo uning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p mo'ljalga aniq bormadi.

17-daqiqa. Yaxshi hujumdan keyin CHeran hisobni ochishi mumkin edi, ammo himoyachi zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

14-daqiqa. Diyor Holmatovning yaxshi uzatmasidan keyin Hamdamov to'pni jarima maydonchasi markaziga yo'lladi, lekin sheriklari bu to'pga eta olishmadi.

12-daqiqa. Raqib jarima maydonchasiga yorib kirishda SHahboz Jo'rabekov himoyachiga nisbatan fol ishlatdi.

10-daqiqa. "Qizilqum"ning hujumi oxiriga etmay qoldi.

Yo'q, gol inobatga olinmadi. "SHerlar" gol urgan hujumda chindan o'yindan tashqari holat kuzatilgani oshkor bo'lmoqda. 

"VAR" ishga kirishdi...

6-daqiqa. GOOOOOL!  "Paxtakor" tezkor hujumini Dostonbek Hamdamov o'ng qanotdan rivojlantirdi va oldinga o'tib borib, to'pni parallel ravishda harakatlanayotgan sherigiga etkazdi u mo'ljalda adashmadi, lekin... Hakam o'yindan tashqari holatda qolganini qayd etishdi.

4-daqiqa. Bosim ostida qolgan "Paxtakor" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Reyting: +5   

Fikrlar

   
10 iyu 08:38:03
Davron Tashpulatov
Jamshid Abdusamadov foydalanuvchining fikriga javob berish
Куришмасдан итардимми сездингми вахахаха мана эркак узбек канака булади. Вилоятликми шахарликми эркак бул. Узингдан эркак ясамасдан гапинга жавоб бер чучело
Haromi adenga ohshab san ham kot bopsan qopsan oneni boshqasiga qoshgan ham aden boladi pul uchun
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика