So’nggi yangiliklar

18:33Жоржиньо ёзда "Арсенал"дан кетади  0 18:11"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 17:45ПСЖ Абдуқодир Ҳусановга қизиқиш билдирмоқда  16 17:22"Манчестер Юнайтед" "Вулверхэмптон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 16:55Эшитдик-да! Усмон Тошевнинг ўрнини ким эгаллаши маълум  6 16:38"Пахтакор" - ОКМК учрашувида пенальти бормиди? Нега ҳакам "Бунёдкор" футболчисини майдондан четлатмади? 25-тур ўйинларида ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 16:14ОКМК устози, "Андижон" посбони ва бошқалар — Суперлигада 25-турнинг энг яхшилари  0 15:48"Андижон"дан уч, ОКМКдан икки футболчи — Суперлига 25-тур рамзий терма жамоаси  0 15:41Викарио қанчага сафдан чиққани маълум — клуб қишда "бозорга чиқади"  3 15:07"Кристал Пэлас" "Ювентус" қизиқаётган Эзенинг нархини белгилади  1 14:42"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 14:15"Ливерпуль" "Лион" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  8 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  4 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  20

"Paxtakor" - OKMK uchrashuvida penalti bormidi? Nega hakam "Bunyodkor" futbolchisini maydondan chetlatmadi? 25-tur o'yinlarida hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Paxtakor" - OKMK uchrashuvida penalti bormidi? Nega hakam "Bunyodkor" futbolchisini maydondan chetlatmadi? 25-tur o'yinlarida hakamlik faoliyati tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) Superliga 25-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni tahlil qildi.

"Paxtakor" - OKMK

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. OKMK himoyachisi darvozaga zarba berilayotganda ikkala qo'lini tanasiga biriktirib turgandi. To'p uning gavda qismiga (va, ehtimol, qo'liga) tekkanda, himoyalanayotgan futbolchining ikkala qo'li ham tana maydonini kengaytirmasdan, badanga yopishgan holatda edi.


"Paxtakor" - OKMK

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakamlar nima uchun vaziyatni bu qadar uzoq vaqt ko'rib chiqqanini aytish qiyin. Bir narsa aniq: VAR OKMK jamoasining gol urgan o'yinchisi ofsaydda bo'lishi mumkinligini tekshirayotgan edi. Ehtimol, ofsayd chiziqlarini aniqlash tizimida qandaydir texnik nosozliklar yuz bergan va VARdagi hakam yordamchilari ularni chiza olmagan. Agar biror sababga ko'ra ofsayd chiziqlari aniqlanmagan bo'lsa, golni hisobga olish kerak edi, chunki hujum qilayotgan o'yinchining ofsaydda turganligiga hech qanday dalil yo'q edi. Natijada gol hisobga olinib, to'g'ri yo'l tutildi.


"Paxtakor" - OKMK

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakam o'yinni to'g'ri holatda davom ettirdi. OKMK darvozaboni avval chap qo'li bilan to'pga tegdi, shundan so'nggina "Paxtakor" o'yinchisi bilan to'qnashuv sodir bo'ldi. Bu "inerciya bo'yicha" kontakt bo'lib, qoidabuzarlik hisoblanmaydi. VAR tizimi bu epizodga aralashishi kerak emas.


"Paxtakor" - OKMK

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. Dastlab OKMK o'yinchisi to'pni oyog'i bilan to'sdi. SHundan keyin, erga yiqilayotganda, to'p uning oyog'idan "tayanch" vazifasini bajarayotgan qo'liga borib tegdi. SHuningdek, hakamning yaxshi poziciya tanlaganini ham takidlab o'tmoqchiman. VAR bu epizodga xalaqit bermasdan to'g'ri qildi.


"Neftchi" - "Nasaf"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Fikrimcha, bu sariq va qizil kartochka o'rtasidagi "chegaraviy" qo'pollik ishlatilgan. SHunga qaramay, bu erda "Nasaf" o'yinchisiga qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish kerak edi degan fikrga ko'proq moilman. Bu erda eng muhim mezon - to'qnashuv joyi. Zarba boldirga yaqinroq, "kontakt" qisqa muddatda sodir bo'lgan. Taxminimcha, VAR hakamni dastlab bu erda hech qanday qoida buzilishini qayd etmagani uchun bezovta qilgan. Ammo vaziyat noaniq bo'lgani va hakam xatoga yo'l qo'ygani haqida aniq dalillar yo'qligi sababli, VAR bu ishga aralashishga haqli emas deb o'ylayman. Hakam qizil kartochka ko'rsatishga asosi bor edi, lekin baribir bu qoidabuzarlik ko'proq sariq kartochka ko'rsatishga loyiq.


"Neftchi" - "Nasaf"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakam ideal nuqtada joylashgandi. "Nasaf" himoyachisining oyoq tashlashi xavfli bo'lsa-da, u avvalo to'pni chap oyog'i bilan o'ziga bo'ysundirib olgan. SHundan keyingina "kontakt" yuz berdi. Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri.


"Qizilqum" - "Navbahor"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

VAR mohirona ish olib bordi. "Navbahor" o'yinchisi raqib zarbasini to'sishga uringanda, to'p uning qo'liga tegib ketdi. Bu qoida buzilishi, ammo bu holatdan oldin sodir bo'lgan voqea muhim ahamiyatga ega. Bundan bir necha soniya avval "Qizilqum" futbolchisi raqib jarima maydonchasi yaqinida to'pni qabul qilishga harakat qilar ekan, uning o'zi qo'li bilan o'ynagan edi. SHu sababli "Navbahor" foydasiga jarima zarbasi belgilandi.


"Qizilqum" - "Navbahor"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Qoidalarning ochiq-oydin buzilishi sodir etilgan. "Qizilqum" o'yinchisi to'pning uchish yo'nalishini to'g'ri chamalay olmadi, qo'lini tanasiga nisbatan to'g'ri burchak ostida yonga cho'zib, o'z tanasining maydonini kengaytirdi. Bunday holatlarni bosh hakam o'zi payqashi kerak edi, biroq, oxir-oqibat, VAR vaziyatga aralashib, hodisani oydinlashtirishga yordam berdi.


"Qizilqum" - "Navbahor"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Ehtimol, qanot hakami jarima to'pi uzatilgandan so'ng aynan kim to'pga tekkanini aniq bilmagan. Dastlab ofsayd qayd etilgan bo'lsa-da, VAR takrorida ko'rinishicha, to'p "Qizilqum" himoyachisidan "Navbahor" o'yinchisiga borgan. SHu sababli, ofsayd holati yo'q va gol to'g'ri hisobga olingan. Takidlash joizki, jarima to'pi amalga oshirilayotgan paytda gol urgan o'yinchi ham ofsayd holatida bo'lmagan.


"Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakam "Bunyodkor" o'yinchisini jiddiy qoidabuzarlik ishlatgani uchun maydondan chetlatmasdan xato qildi. Ha, bu erda to'g'ridan-to'g'ri butsaning tag qismi bilan tegish holati mavjud emas, lekin yakka kurashga kirishish juda shiddatli amalga oshirilgan. Bundan tashqari, bu holat oyoq tashlash emas, ko'proq sakrab tashlanishga o'xshab ketadi ("parvoz fazasi" mavjud), shuningdek, ikki oyoqni ishlatish va haddan tashqari kuch qo'llash ham mavjud. VAR voqeaga to'g'ri aralashdi, ammo hakam negadir o'z qarorini o'zgartirmadi. Bu O'zbekiston chempionatidagi hakamlikning umumiy manzarasidan biroz farq qiladi - oldingi turlarda hakamlar kamroq jiddiy qoidabuzarlik uchun ham o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatgan holatlarni uchratish mumkin.


"Olimpik" - "Bunyodkor"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

"Olimpik" jamoasi o'yinchisiga haqli ravishda qizil kartochka ko'rsatildi. Oqning ost qismi bilan raqib futbolchisi oyog'ining to'pig'idan yuqoriroq qismini bosish holati kuzatildi. Bundan tashqari, raqib oyog'ini bosayotganda, u o'z tana og'irligini ham shu oyoqqa o'tkazgan. VAR tizimining aralashuvi o'rinli bo'ldi.


"Andijon" - "Dinamo"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakamning o'yinni davom ettirish qaror to'g'ri. "Dinamo" darvozaboni o'z vaqtida to'p qarshisida paydo bo'lib, harakat yo'nalishini o'zgartirishga ulgurdi. U tanasi bilan "Andijon" o'yinchisiga "korpus" berdi, shu bilan birga to'p masofasini nazoratiga oldi. SHundan keyingina "Andijon" o'yinchisi darvozabonning orqasiga urilib ketdi.


"Andijon" - "Dinamo"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

VARning to'g'ri aralashuvi va "Dinamo" o'yinchisini maydondan chetlatish qarorining to'g'ri ekanligini takidlamoqchiman. To'p maydon chizig'idan chiqib ketgan bo'lsa-da, qo'pollik ishlatgan futbolchi yiqilaturib, raqib tanasiga qasddan oyog'i bilan zarba berdi.


"Andijon" - "Dinamo"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Fikrimcha, bu vaziyatda qoidabuzarlik sodir etilmagan. "Andijon" jamoasi o'yinchisi to'pni egallab turibdi va uni tepib yuborish uchun harakatni boshlamoqchi. To'pga zarba bergandan so'ng, u oyog'ini maysaga tushirgan, shu payt raqib o'yinchisi uning oyog'i ostiga "uchib kirgan", natijada muqarrar to'qnashuv yuz bergan. Bu vaziyatda "Andijon" futbolchisining hech qanday yomon niyati yo'q - u shunchaki maysaga tushayotgan oyog'ini nazorat qila olmagan. Hakam o'rnida bo'lganimda, o'yinni davom ettirgan bo'lar edim. Sariq kartochka noto'g'ri ko'rsatilgan.


"Andijon" - "Dinamo"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

VAR epizodga to'g'ri aralashdi, biroq penalti belgilanmasdan, noto'g'ri qaror qabul qilindi. "Dinamo" futbolchisi "Andijon" o'yinchisining to'pig'ini bosib olib, uning to'p uchun kurashishiga imkon bermadi. SHu bilan birga, to'p taxminan "Andijon" o'yinchisi turgan hudud tomon yo'nalish olayotgandi, shuning uchun u hatto darvozaga zarba berishi mumkin edi. Bu vaziyatda "Andijon" jamoasi foydasiga penalti belgilanishi va "Dinamo" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilishi lozim edi.


"Metallurg" - "Surxon"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. "Surxon" futbolchisi to'pni muvaffaqiyatsiz qabul qilgandan so'ng muvozanatini yo'qotib, yiqildi. "Metallurg" himoyachisi tomonidan raqib libosining qisqa muddatli "tortilishi" bo'lgan, ammo bu "Surxon" o'yinchisining yiqilishiga sabab bo'la olmas edi.


"Metallurg" - "Surxon"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

"Metallurg"ning goli to'g'ri hisobga olindi. Hech bir takroriy lavhada "Metallurg" o'yinchisi to'pni qo'li bilan urganini tasdiqlovchi dalil yo'q. To'p uning ko'krak yoki qorin qismiga tegdi.


"So'g'diyona" - "Lokomotiv"

VIDEOLAVHANI KO'RISH

"So'g'diyona" hujumchisi jamoadoshining zarbasidan qochishga urindi, biroq to'p uning tirsagiga tegib ketdi. Ushbu rikoshetdan keyin to'p "Lokomotiv" darvozasidan joy oldi. "So'g'diyona"ning goli to'g'ri holatda bekor qilindi.


SHu tariqa, Superliganing 25-tur uchrashuvlarida hakamlar to'rtta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика