So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

"Paxtakor": Igor Sergeev BAA klubiga o'tdi Yangiliklar

"Paxtakor": Igor Sergeev BAA klubiga o'tdi

"Paxtakor" futbol klubi asosiy jamoaning uch nafar azosi bilan xayrlashilganini malum qiladi.

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Andrey SHipilov faoliyatini Bekobodning "Metallurg" jamoasida bosh murabbiy sifatida davom ettiradi. "Paxtakor" tizimida uzoq yillar ishlab kelgan Andrey Sergeevichga yangi klubi va ishida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz.

Yarim himoyachi SHerzod Karimov 2008 yildan beri jamoamiz sharafini himoya qildi. U oliy ligada 178 uchrashuvda 24 gol urishga erishdi. Uch bor mamlakat chempioniga aylanib, ikki marta O'zbekiston Kubogida g'alaba qozondi.

Hujumchi Igor Sergeev 2009 yil "Paxtakor" tarkibiga kelib qo'shilgandi. SHu davr oralig'ida 121 bellashuvda 64 to'p kiritishga erishdi. Igor faoliyatini BAAning "Al-Dafra" klubida davom ettiradigan bo'ldi. Sergeev ham uch bor mamlakat chempionatida oltin medallarga ega chiqdi.

2018 yilni yangi jamoalarda boshlaydigan Andrey SHipilov, SHerzod Karimov va Igor Sergeevga "Paxtakor" futbol klubi nomidan omad tilaymiz. Ularga o'tgan yillar mobaynida jamoa g'alabalariga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Barchasi uchun rahmat!

Reyting: -88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика