So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:50BALLON D'OR-2025  87 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

"Paxtakor" Dubayga jo'nab ketdi, tarkibda Sergeev yo'q Yangiliklar

"Paxtakor" Dubayga jo'nab ketdi, tarkibda Sergeev yo'q

Ayni paytda klublarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

Bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'zbek klublarida ichida birinchi bo'lib xorij yig'iniga yo'l oldi.

Oldinroq klub matbuot xizmati xabar berganidek, ushbu yig'in 21 yanvardan 5 fevralga qadar BAAning Dubay amirligida tashkillashtiriladi. Yig'in davomida uchta nazorat bahsi tashkil etiladi. O'yinlar Rossiyaning nomdor klublari "Zenit" va "Spartak", shuningdek, Latviyaning "Riga" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Bellashuvlar mos ravishda 24 va 30 yanvar, 3 fevral kunlari bo'lib o'tadi. "Zenit" bilan bahs "Nad Al SHeba", keyingi ikki uchrashuv esa "Jebel Ali" majmuasi maydonida o'tkaziladi. O'yinlar Toshkent vaqtida keltirilgan.

Yig'in mobaynida "sherlar" Dubaydagi "Grand Xayatt" mehmonxonasida istiqomat qilishi mo'ljallangan.

24 yanvar, 12:00, "Nad Al SHeba"

"Paxtakor" - "Zenit" (Sankt-Peterburg)

30 yanvar, 17:00, "Jebel Ali"

"Paxtakor" - "Spartak" (Moskva)

3 fevral, 17:00, "Jebel Ali"

"Paxtakor" - "Riga" (Latviya)


Yig'inda ishtirok etadiganlar ro'yxati

Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov.

Himoyachilar - SHerzod Azamov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Marlen CHobanov, SHahzod Azmiddinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Egor Krimec.

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Vladimir Kozak, Sardor Sobirxo'jaev, Dragan CHeran, Abror Ismoilov, Asad Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Humoyunmirzo Iminov, Ruslan Roziev, SHerzod Temirov.

Hujumchilar - Eren Derdiyok, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Ulug'bek Hoshimov.


Murabbiylar shtabiga uzoq yillardan beri yurtimizda ishlab kelayotgan Mirko Elichich kelib qo'shilganini takidlab o'tamiz. U "Paxtakor"da faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

Bosh murabbiy - Piter Xyuistra.

Murabbiylar - Gocha Tkebuchava, Laslo Yambor, Mirko Elichich, Anvar Rashidov.

Texnik direktor - Sobir Xodiev.

Sport direktori - Jafar Irismetov.

SHifokor - Umid Bahromov.

Massajchilar - SHavkat Eryomin, Vitaliy Sizov.

Tasvirchi - Hojiakbar SHarapov.

Ilmiy xodimlar - Yuriy Siyanov, Sergey Malashtan.

Mamurlar - Doston Tolibjonov, SHoyunus SHoqodirov.


Ko'rib turganingizdek, BAAga 27 nafar futbolchi ketgan va ular orasida hujumchi Igor Sergeev yo'q.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика