So’nggi yangiliklar

04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  2 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  9 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  19 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  4

"Paxtakor" darvozasiga belgilangan penaltilar to'g'rimidi? Superliganing 3-tur uchrashuvlaridagi hakamlik faoliyati tahlili. Rossiyalik mutaxassisimiz barcha bahsli vaziyatlarni izohladi Yangiliklar

"Paxtakor" darvozasiga belgilangan penaltilar to'g'rimidi? Superliganing 3-tur uchrashuvlaridagi hakamlik faoliyati tahlili. Rossiyalik mutaxassisimiz barcha bahsli vaziyatlarni izohladi

Championat.Asia saytining hakamlar bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref!) Superliganing 3-turi o'yinlaridagi bahsli hakamlik qarorlari tahlilini tayyorladi.

«Olimpik» - OKMK

VIDEO

OKMK o'yinchisi raqib darvozasini ishg'ol qilishga harakat qildi. Uning oldida turgan himoyachi qo'llarini orqasiga yashirdi. So'ngra darvoza tomon yo'llangan zarbadan keyin to'p boshqa himoyachiga tegib, parvozida davom etadi va olmaliqliklar o'yinchisining ortidan tegadi. Himoyachining qo'li imkon qadar ortga tisarilishga intildi, shu onda to'p unga borib tegdi. Uchrashuv davom ettirilishi lozim.


«Buxoro» - «Nasaf»

VIDEO

«Nasaf» futbolchisi to'pga o'ynagach, to'p yaqin masofadagi sherigining qo'liga tegadi. Bunday holda o'yinni davom ettirish kerak. Yagona istisno bu vaziyatdagi hujum davomida gol urilishi sanaladi. Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi.


«Buxoro» - «Nasaf»

VIDEO

Bu vaziyat "qora mehnat" evaziga ishlangan sariq kartochka hisoblanadi. Qo'pollik oyoqqa tashlanish, agressiya, boldir qismiga tepish kabi harakatlar sodir bo'lmagani sababli qizil kartochkaga arzimaydi. Hakamning qarori to'g'ri.


«Paxtakor» - «Navbahor»

VIDEO

Nazarimda, o'yin davom ettirilishi lozim edi. Ikkala o'yinchi ham to'pga egalik qilmayotgandi va parallel ravishda harakatlandi. Hujumchi to'pga o'ynash uchun atayin o'ng oyog'ini himoyachining yo'li bo'lgan yon tomonga tashladi va shu orqali himoyachi bilan bir vaqtda to'pga tegindi. Bunda hech qanday turtish holati sodir etilgani yo'q, ehtiyotsizlik natijasida ishlatilgan qo'pollik ham mavjud emas. O'yin davom etishi kerak, VAR aralashib, penaltini bekor qilishi kerak edi.


«Paxtakor» - «Navbahor»

VIDEO

Hakam golni to'g'ri bekor qildi. Hujumchining o'ng qo'li himoyachining ortida edi. Orqa tomondan turtilganidan so'ng himoyachining yakkakurashdan keyin yiqilishi tabiiy hol. Bundan tashqari, ikkala o'yinchi ham to'pga harakat qilmoqda va to'p uchun kurashda g'alaba qozonish uchun qo'lning kichik harakati ham etarli. VAR aralashmaslikka haqli.


«Paxtakor» - «Navbahor»

VIDEO

Hakam “Navbahor” futbolchisini chetlatib, to'g'ri ish qildi. To'p maydonni tark etgandan so'ng, u atayin to'p uchun kurashmasdan, avval orqadan, keyin esa yon tomondan tirsagi bilan raqibning bo'yin qismiga zarba berdi. Hakamlarning qarori to'g'ri. VAR vaziyatga aralashishga haqli.


«Paxtakor» - «Navbahor»

VIDEO

Bu vaziyatda qo'l notabiiy holatda edi. Biroq qo'l hujumchi bilan to'p uchun kurashayotgan paytda shu holatda turgandi, keyin esa to'p bir vaqtning o'zida ikkala futbolchining qo'llariga tegdi, shu bois himoyachi jismoniy jihatdan bu kontaktdan qochib qutula olmasdi. SHu tariqa, bu vaziyat penalti belgilanishiga asosli emasdi, o'yin davom etishi kerak edi. VAR bu vaziyatga aralashmasligi kerak edi.


«Andijon» - «Bunyodkor»

VIDEO

Qo'l amalda tanaga yopishib turgandi, bu esa tana masofasini notabiiy ravishda kattalashtirmaydi. O'yinning davom ettirilishi to'g'ri qaror sanaladi.


«Andijon» - «Bunyodkor»

VIDEO

Oyoqdan chalish holatiga namuna bo'la oladigan engil qo'pollik.

Sariq kartochka ko'rsatilishi shart emas. 11 metrli nuqta to'g'ri belgilangan.


«Andijon» - «Bunyodkor»

VIDEO

Menimcha, futbolchini aniq gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun 11 metrlik jarima zarbasi belgilash va qizil kartochka ko'rsatilishi kerak. To'p hujum qilayotgan o'yinchi uchun qulay tezlikda va qulay masofada harakat qilayotgandi, keyingi teginishda u gol urishi mumkin edi. To'p uchun kurasholmagan himoyachi qoida buzadi va raqibining to'pga intilishiga to'sqinlik qiladi. VAR vaziyatga aralashishi lozim edi.


«Andijon» - «Bunyodkor»

VIDEO

11 metrli jarima to'g'ri belgilandi. Futbolchi eng qismi bilan to'pga o'ynadi, to'p esa qo'ltiq osti qismiga tegdi. VAR kartochka ko'rsatishga tortmaydigan epizodga to'g'ri aralashdi.


«Metallurg» - «Qizilqum»

VIDEO

Tajribali hakam darvozabonning raqibga oyoqni chalish bilan javob qaytarishini kutmaydi, balki hujumkor o'yinchi to'pga egalik qilib turgan darvozabonga bosim o'tkaza boshlaganidayoq hushtak chaladi. Ammo hakam bu ishni bajarmagan bo'lsa, u holda fol qayd etib, darvozabonga sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun sariq kartochka ko'rsatishi kerak.


«Metallurg» - «Qizilqum»

VIDEO

Himoyachi hujumchini engil va qisqa muddat ushlab turadi, so'ngra uni qo'yib yubordi. Hujumchi esa bunday vaziyatni qo'ldan chiqarmadi va yiqildi. O'yin davom ettirilishi kerak, VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi, chunki engil kontakt sodir etilgandi. CHetlatish, katta ehtimol bilan, hakamni haqorat qilgani uchun qo'llangan. Hatto 11 metrlik penalti bekor qilinsa ham, qizil kartochka bekor qilinmaydi.


«Turon» - «Surxon»

VIDEO

Hakam negadir yaqqol sariq kartochkaga tortadigan vaziyatda uni cho'ntagidan chiqarmadi. Hujumning buzilishi hamda qo'pollik mavjud. «Turon» o'yinchisi to'pni tezlik bilan oldinga irg'itgan raqibining oyog'ini bosdi. «Surxon» azosida istiqbolli hujum zonasi mavjud, yaqin atrofda esa raqib himoyachilari yo'q edi.


«Turon» - «Surxon»

VIDEO

Bu epizodda ortda qolgan himoyachi o'z harakatlari uchun javobgar sanaladi. U raqibni ushlab qoldi, so'ngra orqa tomondan uning harakat traektoriyasini kesib o'tib, shunchaki uni yiqitdi. Bu hech qanday kartochka qo'llanilmaydigan penalti sanaladi, chunki ehtiyotsiz qoidabuzarlik sodir etildi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика