"Neftchi" – OKMK o'yinidagi vaziyat chetlatishga xosmidi? Superliganing 25-turidagi hakamlik tahlili
21 okt 17:47
Yangiliklar
"Neftchi" – OKMK o'yinidagi vaziyat chetlatishga xosmidi? Superliganing 25-turidagi hakamlik tahlili
✅❌ "Andijon" – "Sho'rtan"
"Sho'rtan" o'yinchisi to'pga etmoqchi bo'lib, ehtiyotsizlik bilan raqibining o'ng oyog'iga chap oyog'i bilan urilib, qoida buzilishga yo'l qo'ydi. To'g'ri qaror – 11 metrlik jarima zarbasi va to'pga etishish harakati bilan raqibni gol urish uchun aniq imkoniyatdan mahrum qilgani uchun sariq kartochka berilishi kerak edi.
P.S. Hakam ushbu holatda qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatmadi.
✅❌ "Andijon" – "Sho'rtan"
"Sho'rtan" himoyachisi xavfsizlikni o'ylamasdan, mutlaqo ehtiyotsiz tarzda yakkakurashga kirishdi. Dastlab u raqibining oyog'iga zarba berdi, shundan keyingina to'pga ozgina tegdi. To'g'ri qaror – qo'pol o'yin uchun penalti belgilash va ogohlantirish.
P.S. Hakam bu vaziyatda ham sariq kartochka ko'rsatmadi.
✅ "Andijon" – "Sho'rtan"
Ikkala o'yinchi ham to'pga intilmoqda, ammo hech biri unga eta olmayapti. "Sho'rtan" jamoasi futbolchisining yiqilishiga oyoqlar o'rtasidagi to'qnashuv sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish. VAR asossiz ravishda aralashdi.
✅ "So'g'diyona" – "Surxon"
"So'g'diyona" o'yinchisi raqibining oyog'iga zarba berib, ehtiyotsiz tarzda to'p uchun kurashmoqda. Yakkama-yakka kurashga kirishish xususiyatidan tashqari, bu holatda harakatlar juda shiddatli bo'ldi. To'g'ri qaror – sariq kartochka ko'rsatish (bu oxir-oqibat o'yinchi uchun ikkinchi ogohlantirish bo'ldi).
✅ "Navbahor" – "Bunyodkor"
"Bunyodkor" himoyachisi qo'lini tanasidan uzoqlashtirgan holda o'ynagan, bu uning tanasini g'ayritabiiy ravishda kengaytirgan. To'g'ri qaror – intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.
✅ "Navbahor" – "Bunyodkor"
"Navbahor" hujumchisi to'pni darvozaga yo'naltirmoqchi bo'lib, oyog'i bilan darvozabonga tegib ketdi. To'g'ri qaror – golni bekor qilish va "Bunyodkor" foydasiga jarima zarbasi belgilash.
✅ "Paxtakor" – "Qizilqum"
"Qizilqum" o'yinchisi raqibning oldinga harakatlanishiga haqiqatan ham to'sqinlik qiladigan ushlashni amalga oshirgan. Burchakdan tepilgan to'p kurash olib borayotgan futbolchilar zonasiga yo'naltirilgan. To'g'ri qaror – penalti belgilash va sportga xos bo'lmagan xatti-harakat uchun sariq kartochka ko'rsatish.
✅ "Paxtakor" – "Qizilqum"
"Qizilqum" o'yinchisi haddan tashqari kuch ishlatib, yakkama-yakka kurashga kirishdi. U to'piqdan yuqoriroq tana azosini "ezg'ilash"ga qaratilgan usul bilan tashlanib, oqibatda raqibining oyog'ini sindirish xavfiga yo'liqtirdi. To'g'ri qaror – o'yin qoidalari jiddiy ravishda buzilganligi uchun qizil kartochka ko'rsatish.
❌ "Paxtakor" – "Qizilqum"
Bizningcha, hakam "Paxtakor" foydasiga penalti belgilab, xato qildi. Bu oddiy kurash edi: raqibning qo'lini ozgina ushlab turish uning keyingi harakatlariga tasir ko'rsatmagan va yiqilishiga sabab bo'lmagan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.
❌ "Neftchi" – OKMK
"Neftchi" o'yinchisi ehtiyotsizlarcha yakkama-yakka kurashga kirishib, raqibining to'pig'iga butsa tishlari bilan tegib ketdi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi belgilash va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish. Bu vaziyatda maydondan chetlatish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas: to'pni o'ynashga urinish mavjud, o'yinchi to'qnashuv oqibatlarini yumshatish uchun oyog'ini tortib olishga harakat qilgan, kurashga kirishish shiddati – o'rta darajada.
P.S. Hakam bu holatda sariq kartochka ko'rsatmadi.
Shu tariqa, 25-tur o'yinlarida hakamlar to'rtta xatoga yo'l qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar
Мана шу Алибоевни холати адашмасам шу сайтда тўртинчи ё бешинчи марта чиқаяпти