So’nggi yangiliklar

04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  0 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  0 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  3 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  4

Islombek Ismoilov: "168 santimetr bo'yga ega futbolchi 190 santimetrlikni yutishi juda qiyin" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "168 santimetr bo'yga ega futbolchi 190 santimetrlikni yutishi juda qiyin"

O'zbekiston U-17 bosh murabbiyi Islombek Ismoilov JCH "J" guruh 2-tur doirasidagi Irlandiyaga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Oldindan raqib qanotlardan hujum qilib, asosan 11-raqamli o'yinchisi orqali o'ynashini bilardik. Bunga tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo, ikkita vaziyatda etiborni yo'qotdik va raqib o'z imkoniyatidan foydalanib ketdi. Bizda ham vaziyatlar yuzaga keldi, ammo ularni golga aylantira olmadik. Shunga qaramasdan futbolchilar qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. O'yinni ko'rib, tahlil qilib chiqamiz.

— Ikki qavatdagi o'yinimiz haqida nima deysiz  ?

— Albatta, ko'rinib turibdiki, raqib o'yinchilari bo'y jihatdan ancha baland. Shu sabab ikkinchi qavatda juda qiyin bo'ldi. Bizning qanot himoyachilar va raqib o'yinchilarining bo'ylari orasida juda katta tafovut bor. Bu ilojsiz narsa. Sababi 168 santimetr bo'yga ega futbolchi 190 santimetrlikni yutishi juda qiyin.

— Hakamlik bo'yicha nima deysiz?

— Nima ham derdik? Bunday turnirlarda yosh futbolchilarni hisobga olish va JCHdek turnirlarni hurmat qilish kerak.

— Terma jamoamiz gol kiritib olganidan so'ng o'yinni biroz tashlab yuborgandek bo'ldi.

— Bu bo'yicha o'tgan o'yindan keyin ham ish olib borgan edik. Birinchi taymdan keyin ham aytib o'tgandik, ruhiyat bilan bog'liq muammo bor. Futbolchilar ko'p holatlarda yoshlik qilishmoqda. Gol urib olgandan so'ng hisobni saqlashga harakat qilishyapti. Biz hech qachon bunday ko'rsatma bermaymiz. Aksincha, gol urgandan so'ng yana olg'a borish kerakligini aytamiz. Ko'p hollarda futbolchilarning ruhiy holati bunga dosh bermayapti. Oldimiz vaqt va imkoniyat bor, buning ustida ham ishlaymiz.

— O'yin davomida, ayniqsa birinchi bo'limda hujum bir tomonga, aniqrog'i Sayfiddin Sodikov tomonga og'ib ketgandek ko'rinmadimi?

— Biz butun o'yin davomida balansni ushlashga harakat qilamiz. Ammo, Sadriddin Hasanov hali o'zining to'liq potencialini ko'rsata olgani yo'q. O'zingiz ko'rib turganingizdek, u to'pni egallagan payti raqibning kerak bo'lsa uch himoyachisi uni yopishga harakat qilmoqda. Shu sabab chap qanotdan hujum uyushtirishda muammo yuzaga kelyapti.

— Ayniqsa birinchi bo'limdagi markazdagi o'yinimiz juda sust bo'lgani haqida nima deysiz?

— Yarim himoyada harakat qilgan o'yinchilarimiz juda qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Ayniqsa, texnik xatolar kuzatildi.

— Azizbek Erimbetov jarohatdan qutilganmidi yoki yo'q?

— Ha, unda jarohat bor edi. Ammo, hozirgi paytda uning o'rnini to'ldiradigan o'yinchimiz yo'q. Mana o'tgan o'yinda ham bir futbolchiga imkoniyat berib ko'rdik, ammo u ham bahsga kirishib ketishga qiynaldi. Shu sabab qo'l ostimizda bor o'yinchilardan imkon qadar foydalanishga harakat qilamiz.

— Irlandiya terma jamoasidagi 11-raqamli o'yinchi haqida gapirsangiz. Individual jihatdan kuchli bo'lgan o'yinchi himoyamizga juda ko'p muammolar tug'dirdi.

— Uni tuzilishi, to'p bilan muomala qilishi va o'yinni o'qishi, umuman har tomonlama ideal o'yinchi desa bo'ladi. Har bir murabbiy o'z jamoasida shunday kuchli o'yinchilar bo'lishini xohlaydi. Bizni yigitlar ham undan kam emas va musobaqa davomida o'z imkoniyatlarini namoyon qilishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
09 noy 03:11:51
Gentleman49
Yanglishmovchilik ketibdi shekilli Irlandiya tarkibida 190 smlik o'yinchi yo'q
edi
Xo'p ulada bo'yi balandroq o'yinchilari bor shunda 168 smlik o'yinchini o'rniga boshqasini tushurish keragidi
Bunaqangi javob o'zini aqlli bilishidan yoki boshqalani aqlsiz dib bilishidan keb chiqadi
   
09 noy 04:03:19
Rafiqbek
Gentleman49 foydalanuvchining fikriga javob berish
Yanglishmovchilik ketibdi shekilli Irlandiya tarkibida 190 smlik o'yinchi yo'q edi Xo'p ulada bo'yi balandroq o'yinchilari bor shunda 168 smlik o'yinchini o'rniga boshqasini tushurish keragidi Bunaqangi javob o'zini aqlli bilishidan yoki boshqalani aqlsiz dib bilishidan keb chiqadi
Шу битта ютказганига вахима килманглар нима керак негатиф ёзиб
   
09 noy 03:01:46
AC Milan vs Chelse
Энг асосийси бушашмейлар бу уйиндан кейин тугри худо а чикариб чемпионлик учун курашинглар охиргиси бусин иншоллох
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика