So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

“Paxtakor” Akram Komilov, Sardor Sobirxo'jaev va Aziz Turg'unboevni OCHL-2019 uchun ro'yxatdan o'tkazdi Yangiliklar

“Paxtakor” Akram Komilov, Sardor Sobirxo'jaev va Aziz Turg'unboevni OCHL-2019 uchun ro'yxatdan o'tkazdi

Bilasiz, kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini 3 jamoa himoya qiladi.

Mamlakatimiz chempioni – “Lokomotiv” OFK CHempionlar ligasi guruh bosqichidan o'z ishtirokini boshlasa, O'zbekiston vice-chempioni “Paxtakor” va kubok sohibi AGMK mazkur musobaqaga saralashdan kirishadi. 

Saralash bahslari ancha erta boshlangani boisdan ayni kunlarda AGMK va “Paxtakor” saralash bahslarida qatnashuvchi o'yinchilarini rasmiy ro'yxatdan o'tkazish jarayonini boshladi. Kecha AGMK jamoasi futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazgan edi. Bugun “Paxtakor” jamoasi ham yangi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan o'yinchilarini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza topshirdi. 

“Paxtakor” jamoasi hozircha 3 nafar yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazdi. Bular – Akram Komilov, Sardor Sobirxo'jaev hamda Aziz Turg'unboev. “Paxtakor” rasmiylari har uchala futbolchi bilan ham tuzilgan shartnomalarni taqdim qildi. PFL endilikda mazkur o'yinchilar ro'yxatini Osiyo CHempionlar ligasi bahslarida qatnashishi uchun OFKga taqdim qiladi. 

Alohida qayd etish joizki, qita CHempionlar ligasidan farqli ravishda O'zbekiston Superligasi uchrashuvlarida “Paxtakor” safida maydonga tushishda Sardor Sobirxo'jaevda aslo muammo bo'lmaydi. Lekin “Paxtakor” jamoasi Superligada o'ynash uchun futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazadigan payt kelganida hali 23 yoshga to'lmagan Akram Komilov uchun uni tarbiyalagan “Bunyodkor” klubiga pul o'tkazib berilgani to'g'risida malumotnoma taqdim etishi lozim bo'ladi. 

SHuningdek, PFL Aziz Turg'unboevning “Paxtakor” futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi jarayonida Toshkent klubi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o'rganib chiqdi va hozircha ushbu o'yinchining “Paxtakor” safida o'ynashiga to'sqinlik qiluvchi jihat ko'rayotgani yo'q. “Navbahor” klubi esa bunday shartnomani ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim qilmadi. Agar Aziz Turg'unboevning “Navbahor”dan “Paxtakor” safiga ko'chib o'tishida qandaydir qoida buzilishi aniqlansa, unda qoida buzgan taraf (futbolchi yoki ikki klubdan biri) albatta jazolanadi. 

Takidlab o'tamiz, O'zbekiston vice-chempioni “Paxtakor” OCHL-2019 saralashi ikkinchi o'tish bosqichi doirasida 12 fevral kuni o'z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.  

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика