So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Muhammadali Usmonov: "Andijon" muxlislarining bunday iliq kutib olishi boshqacha quvonch va xursandchilik bag'ishladi" Yangiliklar

Muhammadali Usmonov: "Andijon" muxlislarining bunday iliq kutib olishi boshqacha quvonch va xursandchilik bag'ishladi"

"Andijon" klubi yozgi transfer chog'ida tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib olayotganidan xabaringiz bor.

"Burgutlar" azosiga aylangan yangi o'yinchilar orasida hujumkor yarim himoyachi Muhammadali Usmonov ham bor. "Paxtakor"da to'p tepgan asli andijonlik yigit o'z uyiga qaytdi va endi "Andijon" sharafini himoya qiladi. Usmonov "Andijon" matbuot xizmatiga intervyu berar ekan, bir qator savollarga javob qaytardi.

- Muhammadali, ikkinchi davradan faoliyatingizda yangi sahifa ochilmoqda. Bunday yangi chaqiruvga qanchalik tayyor edingiz?

- Barcha andijonliklarga, futbol muxlislariga, "Ultras Burgut" azolari, hamma-hammaga assalomu alaykum. Nasib qilsa, ikkinchi davradan faoliyatimda yangi sahifa ochiladi. "Andijon" klubiga, murabbiylar shtabiga chaqirib, ishonch bildirgani uchun katta rahmat. Albatta, chaqiruvga tayyor edim, chunki o'zingiz bilganingizdek, o'yin amaliyotisiz qolgandim. Shu sababli ketishim kerak edi. Ketishimni oldindan bilardim. Men o'ynashni istayotgandim. Xudo xohlasa, "Andijon"da ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib, o'zimni ko'rsatib, sog'lom raqobat qilishga harakat qilaman.

- "Andijon" bilan Tojikiston yig'inida qatnashdingiz. Qanday taassurotlar qoldi?

- Albatta, jamoa bilan Tojikistondagi yig'inda bo'ldim. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazdik. Jamoadoshlarimga rahmat, hammasi iliq kutib olib, yaxshi qabul qilishdi. Hamma bilan juda yaxshi chiqishib ketdim. 

- Yangi jamoada 99-raqamni tanladingiz. Bu sizning yoqtirgan raqamingizmi?

- Raqam masalasiga keladigan bo'lsak, yoqtirgan raqamlarim ichida bu ham bor. Shuning uchun 99 ni tanladim. Avvalo, raqam o'yinchini emas, o'yinchi raqamni bezab turadi. Xudo xohlasa, yaxshi o'yinlar ko'rsatsak, 99-raqam yanada chiroyli bo'lib ko'rinadi.

- Muxlislar sizni xursandchilik bilan qarshi oldilar va hamma yangi o'yinchilar qatori sizdan ham umidlari katta. Ularning qo'llab-quvvatlashi sizga qo'shimcha motivaciya bag'ishlayaptimi?

- Muxlislarning bunday iliq kutib olishi o'zim uchun ham boshqacha quvonch va xursandchilik bag'ishladi, chunki har bir futbolchining orzusi muxlislarning qalbidan joy olish. Menga ishonch bildirishyapti va Xudo xohlasa, bu ishonch albatta oqlanadi.

- Ikkinchi davrada oldingizga qo'ygan vazifangiz qanday?

- Ikkinchi davrada oldimga qo'ygan vazifam – chiroyli o'yinlar va gollarim bilan muxlislarni xursand qilib, jamoamga yordam berish. Osiyo Chempionlar Ligasi 2da ham ijobiy natijalarga erishish vazifamiz hisoblanadi. 

- O'z uyingizga qaytdingiz va qachondir shu holat yuz berishi kerak edi. "Paxtakor"dan "Andijon"ga o'tishingizni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- Men uyimga qaytdim. Inson o'z uyida qanchalik erkin bo'lishini bilasiz. Nasib qilsa, bunday erkinlik bilan yanada kuchliroq bo'lib, biz barchasini albatta uddalaymiz. Muxlislarimizga rahmat. Bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, albatta vazifani bajaramiz. Olg'a, "Andijon"!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика