So’nggi yangiliklar

18:52"Челси" сардори Жеймс: "Ҳамма нима учун курашаётганимизни кўрмоқда"  0 18:25Инсайд тасдиқланди: "Нефтчи" Виталий Левченко билан хайрлашганини маълум қилди  9 18:17"Пахтакор" академияси Ўзбекистон рекордини ўрнатди  0 18:07Душан Мийич: "Ўзбекистон Суперлигасида сифатли майдонлар кўпайди"  0 17:39Манба: "Олимпик" "яшайди"  3 17:17"Нефтчи" Левченко билан хайрлашди  19 16:53Манба: "Нефтчи" етакчиси жамоада қолади  3 16:23Неймар Винисиусга "Реал"даги келажаги бўйича маслаҳат берди  4 15:56Тони: "Аллегри — сеҳргар"  0 15:28Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!  56 14:59Слот: "Салоҳ "Ливерпуль" учун ниҳоятда муҳим ўйинчи ва келажакда ҳам шундай бўлиб қолади"  1 14:25Исак "Ливерпуль" сафидаги биринчи голи ҳақида: "Бу лаҳзани узоқ вақт кутишга тўғри келганини тушунаман"  0 13:58Артета: "Руҳий ва жисмоний жиҳатдан мураккаб ҳафтани ўтказдик"  1 13:32Мареска: "Биз тўғри йўналишда ҳаракат қилаётганимизни кўрсатдик"  2 13:03Винисиус "Реал"дан кетадими? АПЛ клубининг қизиқиши ортиб бормоқда  7

"Paxtakor" akademiyasi O'zbekiston rekordini o'rnatdi Yangiliklar

"Paxtakor" akademiyasi O'zbekiston rekordini o'rnatdi

O'zPFL tomonidan o'tkazilgan U-19 musobaqasi finalida "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratgan "Paxtakor" akademiyasi bugun O'FA Kubogining navbatdagi yosh toifalarida chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'zPFL dan keyingi 4 ta yosh bo'yicha musobaqalarni O'FA o'tkazadi va unda bu yil 2009, 2010, 2011 hamda 2012 yillarda tavallud topgan futbolchilar bosh sovrin uchun kurash olib bordilar. U-19 musobaqasida "Paxtakor"ning 2006-2009 yillardan iborat tarbiyalanuvchilari musobaqada qatnashdi. 

Dastlab "Paxtakor"ning 2012 va 2011 yillarda tavallud topgan futbolchilari turnirdagi ishtiroklarini boshladilar. 2011 yillar guruhdan chiqqanidan keyin "Odil Ahmedov" akademiyasini 8:0 hisobida tor-mor keltirdi. Bu turnirdagi eng yirik g'alaba. 2012 yillar jamoasi esa "Nasaf"ni 2:0 hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda U-13 "Bunyodkor"ni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi. Afsuski 2011 yillar Toshkent derbisida 2:0 hisobda oldinda borib, yakunda 3 ta gol o'tkazib yubordilar. Finalda "Odil Ahmedov" FA yana mag'lubiyata uchratildi, 2:0. 2011 yillar esa uchinchi o'rin uchun bahsda "Nasaf"ni 4:2 hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Bugun esa 2009 va 2010 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi final bosqichi o'z yakuniga etdi. Guruh bosqichini 9 ochko bilan yakunlagan akademiyaning ikki jamoasi chorak finallarda g'alaba qozondilar. U-16 "Nasaf" ustida 5:2 hisobda g'alaba qozondi. 2010 yillar esa "Lokomotiv"ni 3:0 hisobida mag'lub etdilar. 1/2 finalda esa yana Toshkent derbisi, "Paxtakor" - "Bunyodkor". Ikkisida ham g'alaba. Qiyinchilik bilan finalga etib kelgan "Nasaf"ni 2010 yillar jamoasi osonlik bilan mag'lubiyatga uchratdilar. 2009 yillar finalida g'alaba qozonish ham "sherlar"ga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi. Guruh o'yinida "Odil Ahmedov" qanday mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, finalda ham shunday yutildi.

Shu tariqa "Paxtakor" yoshlar va o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan 5 ta musobaqaning 4 tasida g'oliblikni qo'lga kiritdi, bittasida uchinchi o'rin bilan kifoyalandi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика