So’nggi yangiliklar

18:25Инсайд тасдиқланди: "Нефтчи" Виталий Левченко билан хайрлашганини маълум қилди  6 18:17"Пахтакор" академияси Ўзбекистон рекордини ўрнатди  0 18:07Душан Мийич: "Ўзбекистон Суперлигасида сифатли майдонлар кўпайди"  0 17:39Манба: "Олимпик" "яшайди"  2 17:17"Нефтчи" Левченко билан хайрлашди  19 16:53Манба: "Нефтчи" етакчиси жамоада қолади  3 16:23Неймар Винисиусга "Реал"даги келажаги бўйича маслаҳат берди  4 15:56Тони: "Аллегри — сеҳргар"  0 15:28Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!  54 14:59Слот: "Салоҳ "Ливерпуль" учун ниҳоятда муҳим ўйинчи ва келажакда ҳам шундай бўлиб қолади"  1 14:25Исак "Ливерпуль" сафидаги биринчи голи ҳақида: "Бу лаҳзани узоқ вақт кутишга тўғри келганини тушунаман"  0 13:58Артета: "Руҳий ва жисмоний жиҳатдан мураккаб ҳафтани ўтказдик"  1 13:32Мареска: "Биз тўғри йўналишда ҳаракат қилаётганимизни кўрсатдик"  2 13:03Винисиус "Реал"дан кетадими? АПЛ клубининг қизиқиши ортиб бормоқда  7 12:32Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради  47

Dushan Miyich: "O'zbekiston Superligasida sifatli maydonlar ko'paydi" Yangiliklar

Dushan Miyich: "O'zbekiston Superligasida sifatli maydonlar ko'paydi"

Yakuniga etgan mavsumda Navoiyning "Qizilqum" jamoasi himoya chizig'ida harakat qilgan serbiyalik futbolchi Dushan Miyich jamoasining Superligadagi ishtiroki hamda kelajagi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dushan, avvalo nihoyasiga etgan mavsum haqida qisqacha gapirib bersangiz. Jamoangizning chempionatdagi ishtiroki qanday o'tdi?

- Albatta, mavsum yaxshi o'tdi. Jamoam bilan yaxshi natijalarga erishdim. Butun mavsum davomida maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilardan biri bo'ldim. "Qizilqum"ning natijalari ham chempionat so'ngida ancha yaxshilandi. G'alabalar, mag'lubiyatsiz seriyalar va albatta og'ir damlar ham o'tdi. Eng asosiysi, oxirida vazifani uddalay oldik. Yana bir quvonarli holat shundaki, men eng yaxshi xorijlik futbolchilar qatorida bor edim.

- Siz "Qizilqum" jamoasiga kelgach, sobiq jamoangiz Superligani yuqori o'rinlarda yakunladi. Sizda oz bo'lsa-da, afsuslanish bo'lmadimi?

- "Dinamo" — yaxshi jamoa, u erda shakllangan va raqobatbardosh jamoa bor. Ushbu jamoa bilan bog'liq esda qolarli xotiralar saqlanib qolgan. Men "Dinamo"ning mavsum uchun maqsadlari qanday ekanligini bilardim, ammo faoliyatimda yangilik qilishni istagandim. 

- Superliganing ushbu mavsumidagi o'zgarishlar hamda intriga haqida nimalar deya olasiz?

- Bilasizmi, O'zbekiston Superligasi ushbu mavsumida sifatli maydonlar ko'paydi. Qolaversa, bir xil raqobatga ega jamoalar soni anchagina oshdi. Intrigaga keladigan bo'lsak, barcha muxlislar o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lganidek, chempionlik masalasi oxirida xal bo'ldi. Qolgan o'rinlar uchun ham so'nggi turgacha intriga saqlanib qoldi. Bir so'z bilan aytganda, chempionat juda ko'p esda qolarli voqealar bilan xotiramizda saqlanib qoldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика