Vinisius "Real"dan ketadimi? APL klubining qiziqishi ortib bormoqda
01 dek 13:03
Yangiliklar
Vinisius "Real"dan ketadimi? APL klubining qiziqishi ortib bormoqda
Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi nomalumligicha qolmoqda.
"Manchester Yunayted" 25 yoshli vingerning vaziyatini diqqat bilan kuzatishni boshladi va allaqachon uning jamoasi bilan bog'landi.
Malumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan. Hozircha rasmiy taklif bilan chiqilmagan bo'lsa-da, qiziqish juda jiddiy.
Shuni takidlash kerakki, Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi, ammo uning uzaytirilishi hali aniq emas.
Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri Madrid jamoasida o'ynab kelmoqda. U 340 o'yinda maydonga tushib, 111 ta gol urgan va 89 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar