Superligada qolish uchun qaysi klublar kurash olib borishi malum
30 noy 2025 17:29
Yangiliklar
Superligada qolish uchun qaysi klublar kurash olib borishi malum
Unga ko'ra, "Andijon" va "Surxon" klublari o'z o'yinlarini g'alaba bilan tugatib, Superligada qolish vazifasini bajarishdi. 16-o'rinni band etgan "Sho'rtan" Pro ligaga tushib ketdi. Ligada qolish uchun 4 ta klub kurash olib boradi. "Qo'qon-1912" va "Mashal" jamoalari esa 5 dekabr kuni mos ravishda "Xorazm" va "Buxoro" klublarini o'z maydonlarida qabul qilishadi. Bu o'yinlarda yutganlar Superligada qolishadi. Yutqazgan ikki klub 10 dekabr kuni neytral maydonda to'qnash kelishadi. O'sha bahs g'olibi Superligada jon saqlab qoladi. Yutqazgan 14 dekabr kuni Nukusga boradi va "Aral" bilan oxirgi yo'llanma uchun o'ynaydi.
Oldinroq "Neftchi" 24 yillik tanaffusdan keyin O'zbekiston chempioni bo'lgandi. Kecha "Paxtakor" ikkinchi, "Nasaf" uchinchi o'rinni egallagani oydinlashdi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar