So’nggi yangiliklar

10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  0 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  1 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  6 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  3 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  6 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  5 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  3 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  22 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  116 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  2 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  29 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0

"Paxtakor" - AGMK. Sensaciya bo'ladimi yoki yo'q? Yangiliklar

"Paxtakor" - AGMK. Sensaciya bo'ladimi yoki yo'q?

13 iyul kuni Coca Cola Superligasida birinchi davraning eng markaziy o'yini bo'lib o'tadi.

SHu kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida musobaqa peshqadami "Paxtakor" ikkinchi o'rinda borayotgan AGMKni qabul qiladi. SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa Mirjalol Qosimov shogirdlariga qarshi o'ynaydi. O'tgan yil O'zbekiston kubogi va Liga kubogi finallarida to'qnash kelgan klublar endi Superliga doirasidagi birinchi davraning o'ziga xos finalida hisob-kitob qilishadi.

Xo'sh, bo'lajak o'yinda qaysi jamoaning imkoniyati yuqori?

"PAXTAKOR" YUTADI
Sababi "Paxtakor" bu mavsum o'z maydonida 5ta o'yin o'tkazdi va barchasida g'alabaga erishdi. Umuman olganda "SHerlar" o'z maydonlarida juda yaxshi va ishonchli o'ynashadi. SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa so'nggi bor o'z maydonida ikki yil oldin "Lokomotiv"ga mag'lub bo'lgandi. SHundan keyin "Paxtakor" o'z uyida hech kimga yutqazgani yo'q. Hatto Osiyo chempionlar ligasida ham. 2019 yil Arveladze shogirdlari "Persepolis", "Al Sadd", "Al Ahli" kabi Osiyo grandlari bilan o'yinlar o'tkazgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Bu yil boshida ham "Paxtakor" o'z maydonida "SHabab Al Ahli" va "SHahr Xodro"ni mag'lub etdi. "SHerlar" 2019 yilgi O'zbekiston chempionatida faqat bir bor, chempionlik naqd qilinganidan keyin, "Bunyodkor" maydonida imkoniyatni boy berishgandi. Bu yil birgina mag'lubiyat Jizzaxda kuzatildi. Bundan tashqari AGMK bu mavsum ketma-ket g'alabalarni qo'lga kiritmoqda, biroq olti g'alabaning 5tasi Olmaliqda qo'lga kiritilgani va safarda faqat bir bor g'olib bo'lishganini hech kim inkor eta olmaydi. Uy faktori tufayli "Paxtakor" g'alaba qozona olishi mumkin.




AGMK YUTADI
Sababi futbolda sensaciyalar uchrab turadi. Ha, AGMKning "Paxtakor"ni yutishi shaxsan men uchun sensaciya bo'ladi. Har holda bu yilgi mavsumda. Mirjalol Qosimov o'tgan yil boshida AGMKni qabul qilib olgan va o'zi yaxshi biladigan futbolchilardan jamoa tuzishni boshlagandi. CHempionatda juda yomon natijalar qayd etilgan, biroq ikkita kubokda finalga qadar etib borilgandi. Yangi murabbiylar shtabi va yangi futbolchilardan iborat jamoa uchun ikkita final ajoyib natija edi.

Bu yil esa olmaliqliklar milliy chempionatda ajoyib ishtirok etishmoqda, ayniqsa karantindan keyin. Dastlabki ikki turda ikkita durang qayd etgan jamoa shundan keyin barcha raqiblarini mag'lub etib kelmoqda va bugungi kunda ham ruhan, ham jismonan kuchli holatda. Jamoa himoyada tartibli o'ynab raqib xatosidan maksimal tarzda foydalanish evaziga g'alaba qozonmoqda. Bu Mirjalol Qosimovning sevimli uslublaridan biri ekanini barcha yaxshi bilsa kerak. Zamonaviy futbolda natija birinchi o'ringa chiqayotgani hech kimga sir emas. SHota Arveladze o'zbek futboliga kelgach uni mag'lub etgan kam sonli murabbiylardan biri aynan Mirjalol Qosimov. 2018 yilgi mavsumda Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor"ni mag'lub eta olgandi. O'shanda ham ko'pchilik "Paxtakor"ning imkoniyatini yuqori baholagan, biroq yakunda "qaldirg'ochlar" g'olib chiqishgandi. SHunday ekan, AGMKdan "Paxtakor" stadionda ham sensaciya kutishimiz mumkin.



Sizningcha bu o'yinda qanday natija qayd etiladi?

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика