Pavel Bugalo: "Umid qilamanki, O'zbekiston Osiyo Kubogida guruhdan chiqadi va yarim finalgacha etib boradi"
01 jan 2024 18:41
Yangiliklar
Pavel Bugalo: "Umid qilamanki, O'zbekiston Osiyo Kubogida guruhdan chiqadi va yarim finalgacha etib boradi"
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki oldidan ko'plab mutaxassislar, murabbiylar fikrlarini bildirib o'tmoqda.
"Oq bo'rilar" tarkibida 3ta Osiyo Kubogida qatnashgan sobiq darvozabon Pavel Bugalo bo'lajak turnir oldidan terma jamoamizning imkoniyatlarini baholadi.
"Umid qilamanki, O'zbekiston guruhdan chiqadi va musobaqada oldinga intilishda davom etadi. Menimcha terma jamoamiz yarim finalga qadar etib bora oladi. Agarda barcha futbolchilar etiborni g'alabaga qaratib, yuqori natija yo'lida birlashishsa, hamma narsa bo'lishi mumkin. O'zbekiston terma jamoasiga Qatardagi Osiyo Kubogida omad tilayman",- deydi Pavel Bugalo
Malumot uchun, Pavel Bugalo O'zbekiston terma jamoasi libosida 40ta uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar