So’nggi yangiliklar

19:15Суперлига. "Хоразм" – "Бунёдкор" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:15Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  6 19:00"Қизилқум" – ОКМК. Таркиблар эълон қилинди  0 17:54"Келиб олиб кетинглар!" Ниакате чемпионлик Марокашга олиб берилганидан даҳшатда  0 17:44Даҳшатли талаб! "Атлетико"нинг 55 минг мухлиси финалга бормоқчи, аммо чипталар етмайди  2 17:31"Реал"да катта хавотир: Куртуа "Атлетико"га қарши супердербини ўтказиб юборадими?  3 17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   1 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  14 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   2 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  11 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  5 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2

Paulino - Litva chempionati, Messining maydondagi taklifi haqida Yangiliklar

Paulino - Litva chempionati, Messining maydondagi taklifi haqida

Teglar :  PaulinoBarselona
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Paulino bir paytlar “Vilnyus” klubida faoliyat yuritganini ko'pchilik bilmasa kerak.

UEFA CHempionlar Ligasi 1/8 finali bosqichida “CHelsi”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rayotgan “Barselona”ning braziliyalik yarim himoyachisi Paulino Litvadagi faoliyati va Lionel Messi bog'liq xotiralari bilan bo'lishdi. U kataloniyaliklar klubiga o'tishidan qanday habar topgani haqida gapirib berdi.


Litva chempionati haqida
Litva — ajoyib mamlakat. Men Vilnyus shahrida yashaganman. Jamoamizning 7-8 nafar azosi braziliyalik edi. Biz yangi davlatga, ob-havoga moslashish yoki futbolchilar bilan chiqishib ketish kabi holatlarda hech qanday qiyinchilikka duch kelmaganmiz. Albatta, 16 yoshimda oilamdan uzoqda yashash oson bo'lmagan. Birinchi mavsumdagi ishtirokim paytida bu mening asosiy muammoyim edi. Hamma narsani tez o'zlashtirib, hech nimaga muhtojlik sezmayotgan bo'lsam ham, oilamga bo'lgan sog'inch hissi meni qiynayverardi.  

“Barselona”ga o'tishi haqida
Bunga Avstraliyada bo'lib o'tadigan Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi sabab bo'lgan edi. Villian va men to'p atrofida edik. Bittamiz unga yaqinroq borishimiz kerak edi va buni Villian bajardi. Mening yonimda Messi bor edi va u birdan “Barselona” o'tishni xohlaymanmi yoki yo'qligi haqida so'rab qoldi.
Bu voqea o'yin eng qizigan vaqtda sodir bo'ldi! Men: “Agar sen shuni xohlasang, unda roziman”, — dedim. O'yindan so'ng Messi bilan gaplashib olish uchun yoniga bordim. Doim u bilan gaplashishni xohlardim va bu ro'y berganidan juda ham baxtiyor edim. Keyin men Xitoyga qaytib ketdim. Ammo hammasi shundan boshlangandi.  

Messi bilan o'zaro munosabatlari haqida
Men bu klubga o'tganimda hamma narsaga etibor berishga harakat qilardim. O'sha payt unga turli savollar berishga vaqtim bo'lmasdi. SHu qatori, malumotlarni birma-bir aytib berishga uning ham imkoni yo'q edi. Mavsum deyarli boshlangandi.

Messi — to'p unda bo'lganida bir lahzada fikrini o'zgartira oladigan o'yinchi. SHuning uchun, Leo bilan o'ynaydigan har qanday futbolchi u bilan aloqa o'rnatib, uni tushuna olishi lozim. U bilan maydonda yaxshi o'ynashga harakat qilaman. Raqiblar uni doim chorasiz vaziyatlarga solib qo'yishga urunishadi. SHu sababli, unga maslahat berib turish kerak. Men doim shunday qilaman. Har o'yinda va mashg'ulotlar paytida men undan nimadir o'rganishga harakat qilaman.      

UEFA rasmiy saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика