Paratichi "Yuventus"ga "Barselona" yarim himoyachisi kerak emasligini aytdi
30 mar 2020 19:58
Yangiliklar
Paratichi "Yuventus"ga "Barselona" yarim himoyachisi kerak emasligini aytdi
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi klubga "Barselona" futbolchisi Ivan Rakitich kelishi mumkinligi borasida gapirdi.
"Jamoamiz ajoyib futbolchilardan tuzilgan. Ayni damda yangi futbolchilarni olib kelish borasida o'ylamayapmiz. Rakitich ajoyib futbolchi ekanligini barcha biladi. Biroq biz uning xizmatlariga qiziqish bildirmayapmiz", - dedi Paratichi.
Oldinroq futbolchi qishda "Yuventus"ga rad javobini bergani borasida malumotlar berilgandi. Kelasi mavsumda Rakitich katta ehtimol bilan "Sevilya"da o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar