So’nggi yangiliklar

22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  0 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  11 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  17 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  33 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  8

Palimpsest Yangiliklar

Palimpsest

"Metallurg" klubining "roddomdan qayta chiqqani" munosabati bilan jamoa o'tmishiga oid manbalar bilan qiziqib ko'rdim.

Umuman olganda, nafaqat Bekobod, balki boshqa ko'pgina klublar tarixi bilan bog'liq internetdagi malumotlar uchun bir Instagram relsiga teng vaqt sarflash etarli. Moziy xususida qo'shimcha fakt qidirish orqali esa mutlaqo boshqa yangiliklarga ko'z tushib qoladi, shunda xotira boyliginingiz uchun beixtiyor Arximedning qichqirig'ini takrorlashingiz mumkin.

Sarlavha ham siz uchun yangi ko'chib kelgan qo'shningizning qovog'i solingan kuchugi kabi notanish va g'alati ko'ringan bo'lishi mumkin. Tarixni titkilash ortidan daqqiyunusdan qolgan vikipediya orqali shu so'z qarshimdan chiqib qoldi.

Bu so'zning daxli yo'q desa ham bo'ladi. Qadimda teridan tayyorlangan qog'oz nihoyatda qimmatbaho bo'lgani sababli, uning yuzasidan eski matn o'chirilib, ustiga yangi matn yozilishi shunday atama kelib chiqishiga sabab bo'lgan.

Bu bilan "Metallurg" tarixiga o'chirg'ich bosh qo'ygan degan fikrdan yiroqman. Aksincha, uning asosi "restart" qilinib, yangi tarix bitishga shaylanmoqda.

Atamadan yana bir mano topdim o'zimcha. Bobolarimiz borsa-kelmasga safarbar qilingan qirg'in yakunlangan yil tashkil topgan va 1994 yildan beri "Metallurg" deya atala boshlagan klub mazkur nom ostida faoliyat yuritayotgan birinchi jamoa emas ekan. Bu tarixiy jamoa uzoqda emas, qo'shni Olmaliqda tuzilgan. 

O'tgan asrning 60-yillarida tashkil topgan Olmaliqning "Metallurg"i SSSRning ikkinchi ligasida o'sha vaqtda "Cementchi" deb atalgan bekobodliklarning ashaddiy mintaqaviy raqibi hisoblangan. "Metallurg" haqidagi oxirgi malumotni 2009 yilgi O'zbekiston Ikkinchi ligasidagi ishtirokidan topdim. Undan keyin klub yopilgan bo'lsa kerak.

Demak, birinchi "Metallurg" Bekobodda emas, Olmaliqda tashkil topgan ekan. Ehtimol, ko'pchilik bu faktni karra jadvali kabi yoddan bilgan. Malumot o'rnida aytdim-qo'ydim.

"Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan hozirgi "Bunyodkor"ning ham bobonomidan avvallari ko'pgina jamoalar foydalanishgan. Bazilari ruscha "Stroitel"dan foydalangan (o'tgan asrning 70-yillarida "Dinamo", Zarafshondagi futzal jamoasi), ayrimlari "Binokor" ("Buxoro", MHSK), shuningdek, "Quruvchi" nomining o'zidan "Xorazm" 1991–1992 yillarda foydalangan.

Xullas, oxirgi marta 36 yil muqaddam kubok sohibi bo'lgan (havaskor jamoalar o'rtasidagi O'zbekiston SSR kubogi) bekobodliklarning palimpsestiga o'chmas bitiklar yozilishiga tilakdoshman.

"Metallurg" o'z nomini doimgidek devorga ilingan jadvalning o'rtalig'idan emas, bo'ynimizni og'ritib, yuqoriroqdan qidirishga majbur qiladi, degan umiddaman. 


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +2   

Fikrlar

   
25 jan 21:45:19
Daston
Arximedni qichqirigʻiga balo bomi oʻzi kim u futbolchi boganmi maqolani dangal yozila adabyot yo tarix fanimasku bu yer dissertatsiyani boshqa joyga topshiring
   
24 jan 18:50:22
Abror Tursunov
O'zi ma'no nima? Oq balki qora bb, qora oq bb chiqsachi. Degan maqola
   
24 jan 16:15:41
ღღ30 《Shox"
Oqilboy kim aytadi sizni championat.asia da ishlaydi deb o'zilar metallurg olmaliq haqida 2016 yil tinmay maqola chiqardilar toshkent viloyat 2 ligasida o'sha payti metallurg olmaliq har turda yutganida sarlavha bn chiqarslar mana ilova:
«Металлург» - Тошкент вилояти чемпиони!
   
24 jan 16:07:09
ღღ30 《Shox"
Metallurg olmaliq haliyam bor boshqa nom ostida qatnashadi 2016 yil ikkinchi liga baxslarida g'olib ham bo'lgan, hozirgi kunda toshkent viloyati 2 chi liga baxslarida FSO AGMK nomi ostida o'ynaydi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика