Pablo Sabbag: "O'zbekistonga qarshi durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo'ldi"
15 jan 2024 12:57
Yangiliklar
Pablo Sabbag: "O'zbekistonga qarshi durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo'ldi"
"Albatta, biz g'alaba qozonishni xohlagandik, lekin O'zbekiston kuchli jamoa edi. Menimcha, durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo'ldi.
Endilikda tiklanib, guruh etakchisi bo'lgan Avstraliyaga qarshi tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.
Raqib kuchli himoyaga ega. Ular uch nafar himoyachi bilan zich himoyalanishdi, uni "yorib o'tish" esa mushkul edi.
Bunday o'yinlarda hujumchi raqib bilan to'p uchun kurashda ishtirok etishi va jamoaga ko'proq yordam berishi kerak edi va O'zbekistonga qarshi bahsda shunday vazifani bajardim.
Keyingi o'yinda golli imkoniyatlarga ega bo'laman, degan umiddaman. Avstraliyaga qarshi bahs oson bo'lmaydi va bunga jiddiy hozirlik ko'ramiz", – dedi 26 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Suriya guruh bosqichining 2-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borsa, O'zbekiston MTJ Hindiston bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar