So’nggi yangiliklar

18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  1 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  13 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  108 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  13

"O'zSQB ko'plab vaziyatlar yaratdi, bizning yigitlar turib bera olishdi" - Rustam Umarov Yangiliklar

"O'zSQB ko'plab vaziyatlar yaratdi, bizning yigitlar turib bera olishdi" - Rustam Umarov

Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zSQB – "Oil Star" (2:3) uchrashuvidan keyin finalga yo'l olgan jamoa vakillari fikrlarini bildirishdi.

"Hamma finalda o'ynashni xohlaydi. O'zSQBga rahmat. Bu yil Oliy ligadagi yangi jamoa, yaxshi futbolchilar yig'ildi. O'zSQB ko'plab vaziyatlar yaratdi, bizning yigitlar turib bera olishdi. Asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi, bunga erishdik. Jamoadoshlarim, murabbiylar va rahbariyatga minnatdorlik bildiraman.

Ikki o'yinni bir xil tempda o'tkazish qiyin. Shuning uchun kechagidan ko'ra sal bo'shashish kuzatilgandir. Biroq yigitlar o'zlariga kelib olishdi va ijobiy natija qayd etdik", – dedi darvozabon Rustam Umarov.

"Buxoroda bo'lib o'tgan chorak final uchrashuvlaridan keyin qisqa fursatda Toshkentga etib keldik va 2 kun shu erda tayyorlandik. Raqib jamoa kuchli ekanligi va terma azolari harakat qilishini bilardik. Shunga qaramay, yigitlarni astoydil tayyorladik. 

Finalchi ikki o'yin natijasiga ko'ra aniqlangani yaxshi bo'ldi. Asosiy maqsadimiz final edi, endi hal qiluvchi bahs oldidan biroz dam olamiz, keyin tayyorgarlik ko'rishga kirishamiz", – dedi "Oil Star" bosh murabbiyi Fuzuli Xayrullaev.

"Kechagi g'alaba tufayli boshida sal sustkashlikka yo'l qo'ydik. Birinchi taymda o'yinimiz sal o'xshamadi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib olib, ikkinchi taymda boshqacha ruhda maydonga qaytdik. Biz raqib ko'proq Ravshan Eliboevdan foydalangan holda o'ynashini bilardik. Shunga qarshi ishlanmalar ishlab chiqishga harakat qildik. O'ylaymanki, bu mevasini berdi. Xudo xohlasa, endi finalga tayyorgarlik ko'ramiz. Tanaffus vaqtida murabbiylar va futzalchilar o'zaro gaplashib, bundan kuchliroq o'ynay olishimiz haqida gaplashdik va ikkinchi taymda yorqin o'yin ko'rsatdik", – dedi "Oil Star" sardori Ilhom Hamroev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика