So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  20 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29

⚡️ O'zPFL 2021 yilda qancha mablag' ishlab topgani malum bo'ldi Yangiliklar

⚡️ O'zPFL 2021 yilda qancha mablag' ishlab topgani malum bo'ldi

Teglar :  PFL
O'zbekiston Professional futbol ligasi 2008 yil 2 iyul kuni davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi hududida professional futbol  musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish, shuningdek, futbol klublarining sport hamda tashkiliy-boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

2020 yilning may oyida O'FA prezidenti taqdimiga binoan tashkilot rahbariyatida o'zgarish yuz berdi. SHundan so'ng uning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, musobaqalar o'tkazilishini takomillashtirish, hamkorlar va homiylar bilan ishlash tizimini yaxshilash kabi masalalar asosiy planga chiqdi.

Buning samarasi o'laroq 2021 yilga kelib musobaqa ishtirokchilari uchun qatnashchilik badallari miqdori tarixda ilk bor 40-50 foizgacha kamaytirildi. Qo'shimchasiga, ayollar va futzal jamoalari ilk bor badal to'lashdan to'liq ozod qilindi.

O'zPFL dastlab tashkil etilgan yillarda o'z harajatlarini to'liq klublardan olinadigan badal pullari evaziga qoplab kelgan. Bugunga kelib tashkilot o'z harajatlarining qariyb 55 foizini o'zi ishlab topadi. Jumladan, 2021 yilgi mavsumda O'zPFL Cola-Cola, APEX Insurance va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik orqali 9 mlrd. 280 mln. so'm ishlab topdi.

Bugunga kelib Superliga hamda Pro liga musobaqasi sportga ixtisoslashgan ikki telekanal: “Sport” hamda “UzReport” orqali translyaciya qilinadi. SHuningdek, bu musobaqalar qatorida ayollar chempionati, Birinchi liga kabi musobaqalar Eleven Sports orqali onlayn translyaciya qilinishi natijasida O'zPFL 2021 yilning o'zida qariyb 36 ming evro ishlab topgan.

Bu hali hammasi emas. Tashkilot qatiy principlari orqali professional futbol klublari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqdi hamda Osiyo futbol konfederaciyasining licenziyalash talablarini bajarish bo'yicha 2021 yilda Yaponiya hamda Janubiy Koreyadan keyin qitamizning uchinchi raqamli mamlakatiga aylandi. Tarixda ilk bor Pro liga klublari ham licenziyalash jarayoniga jalb qilindi. Ilk bor O'zbekistonning ikki ayollar jamoasi OFK licenziyasini qo'lga kiritdi. SHu kungacha asosan 4-5 klub xalqaro licenziyani qo'lga kiritgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'rsatkich 12 taga etdi. 2022 yilda O'zPFL mazkur raqamni 16 taga olib chiqish ustida ish olib boryapti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PF–6181-son “2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish koncepciyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmonining 5-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi, unga ko'ra har yil yakunlari bo'yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko'rsatkichlariga asosan ularning reytingi tuzilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy associaciyasi tomonidan ishlab chiqilgan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti asosida taqdim etilgan malumotlarga ko'ra baholash ishlari amalga oshirildi. Unga ko'ra, 2021 yil bo'yicha “Eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari top-20” ro'yxatiga O'zbekiston Professional futbol ligasi ham kiritildi.

Qayd etish kerak, “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 7.7-bandida O'zPFL o'z azolariga harajatlar yuzasidan moliyaviy hisobot taqdim etishi belgilangan edi. SHundan kelib chiqib, O'zbekiston Professional futbol ligasi o'z faoliyatining shaffofligini taminlash maqsadida joriy yilning 4-fevral kuni 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar, kelib tushgan mablag'lar va faoliyat bilan bog'liq harajatlar haqidagi malumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etish uchun matbuot anjumani o'tkazdi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi bundan keyin ham o'z faoliyati ochiqligi va shaffofligini taminlash bo'yicha ishlarni davom ettiradi.


O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика