O'zbekistonlik hakamlar Qatarga etib bordi
04 jan 2024 19:03
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar Qatarga etib bordi
Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabar qildi.
"Hakamlarimiz Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Doha shahriga etib bordi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Qatar yashil maydonlarida 2024 yil 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadigan Osiyoning eng yirik turniri bo'lmish Osiyo Kubogi bahslarida ishlash uchun 4 nafar o'zbekistonlik hakam tayinlov olgan edi. Biroz avval bosh hakamlarimiz Ahrol Risqullaev hamda Ilgiz Tantashev, shuningdek, yordamchi hakamlarimiz Timur Gaynullin hamda Andrey Capenko Qatar poytaxti Doha shahriga etib borishdi", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
09:00
Misr terma jamoasi sobiq yulduzi kechagi uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyini tanqid qildi 29
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar