So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  10 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  2 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  5 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  3 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  18 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

O'zbekistonlik futbolchi qizlar turk klubiga o'tishdi Yangiliklar

O'zbekistonlik futbolchi qizlar turk klubiga o'tishdi

AGMK-W sardori, O'zbekiston ayollar terma jamoasi futbolchisi Kamila Zaripovaning Turkiya chempionatiga yo'l olgani to'g'risida xabar topdik.

Darhol 23 yoshli futbolchi bilan bog'lanib, bu borada batafsil malumot olishga harakat qildik.

- Kamila, do'stlaringiz bizga Turkiyaga jo'nab ketganingiz haqida malumot berishdi. Hozir qaerda va qaysi jamoa tarkibidasiz?

- Hozir Turkiyaning Trabzon shahridaman. "Trabzon Idmano'chog'i" jamoasiga kelib qo'shildim.  

- Mazkur klubga o'tishingiz qanday sodir bo'ldi? SHu haqda aytib bering.

- AGMKdagi murabbiylarim Xanjariev Ilhom va Gamadeev Ruslan Olimovich ikki yildan beri chetda o'ynashim kerakligini, o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishimni aytib kelishardi. Variantlar bor edi. Turkiyaga  kelishim esa juda tez vaqtda hal bo'ldi. Bunda murabbiyim Ilhom Karimovichning hissasi katta. O'zbekistonlik yana 2 nafar qiz borishini aytishdi, shuning uchun rozi bo'ldim. Bir o'zim bunchalik uzoqqa kelishdan qo'rqardim. 

- Siz bilan birga qaysi yurtdoshlarimiz Turkiyaga yo'l oldi?

- Men bilan birga "Metallurg" jamoasining azosi Setora Takabaeva va "Sevinch" klubida to'p surgan SHahrizoda Zayniddinova kelgan.

- Jamoa kelasi yil Turkiya chempionatining yuqori divizionida ishtirok etadi. U erdagi raqobatdan qo'rqmayapsizmi?

- Bu jamoaning murabbiylari o'yinimni o'rganib chiqishgan. Ularga maqul kelganim uchun jamoaga taklif qilishdi. Menda qo'rquv bo'lmadi, o'zimga ishonib keldim. 

- Turkiyadagi muhit qanday ekan?

- Turkiyaning ob-havosi yaxshi. Maydonlari ham talab darajasida. Kuniga 2 mahal mashgulot o'tkazyapmiz. SHaroitlari ko'ngildagidek. Kelganimga 4 kun bo'ldi, O'zbekiston bilan farqli tomonlariga ko'p to'xtalolmayman.

- Yaqinlaringiz boshka davlatga ketishizga qanday qarashdi? Qarshiliklar bo'lmadimi? 

- Albatta, xursand bo'lishdi, lekin zo'rg'a ruxsat oldim. Xavotirlanib, juda ko'p surishtirishdi, murabbiylarimiz bilan maslahatlashishdi. Nihoyat, dugonalarim ham borligini eshitib, rozi bo'lishdi. Bilasiz, futbolga kirib kelganimdan beri faqat AGMKda o'ynaganman. Har doim uyda bo'lganman, uzoq vaqtga begona erlarga ketmaganman. Hozir shu tufayli moslashish ozgina qiyin bo'lyapti. 

- Trabzon siz uchun yangi shahar. Atrofdagilar muloqot qilish qiyin bo'lmaydimi? Turk tilini bilasizmi?

- Turk tilini bilmayman. Faqatgina bazi so'zlarni o'zbekchaga o'xshaganligi uchun tushunaman. Yangi jamoadoshlarim turk so'zlarini tarjimon orqali tushuntirishyapti. Tez orada turk tilini o'rganish uchun dars olamiz. 

- Maosh masalasiga kelsak, Trabzonda Olmaliqdagiga nisbatan ancha yaxshi to'lashsa kerak. Yoki kam oylik evaziga ketyapsizmi?

- O'zbekistonda futbolchi qizlarga kam maosh to'lanadi. Ko'pchilik qizlar turmushga chiqqandan keyin futbol o'ynashni tugatadi. SHuning uchun turmushga chiqishdan oldin chetda o'ynab ko'rmoqchi edim. Orzumga etdim. Hozir beriladigan maoshdan ko'nglim to'ldi. Balki, boshqa jamoalar beradigan puldan kamdir, lekin xudoga shukur o'zimga etadi. 

- Qaysi raqamda maydonga tushmoqchisiz?

- Hali tanlamadik, lekin 29 yoki 26 raqamini tanlashni o'ylab turibman.

"8+3". O'zbekiston MTJni boshqargan eng kuchli murabbiy — Bob Xougton (17-son)

Malika Kushbakova suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика