So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"So'g'diyona" murabbiyi: "Bu yilgi maqsadimiz - O'zbekiston Kubogi" Yangiliklar

"So'g'diyona" murabbiyi: "Bu yilgi maqsadimiz - O'zbekiston Kubogi"

O'zbekiston Kubogi ¼ final bosqichidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ulug'bek Boqiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi chiroyli va ishonchli g'alaba bilan muxlislarimizni va rahbariyatni tabriklayman. Bugungi g'alaba bilan to'xtab qolish yo'q. Barchaning mehnati singdi. Boshkovich ikki yarim yildan buyon Jizzax futbolini rivojlantirish uchun mehnat qilib kelmoqda. Ushbu mehnatlar o'z mevasini beradi degan umiddaman" - dedi Ulug'bek Boqiev.

- "So'g'diyona"ning bunchalik ishonchli g'alabasining sababi nimada? "Navbahor" bugun siz kutganingizdek o'ynay olmadimi?


- Biz raqibning so'nggi ikki uchrashuvini yaxshi o'rganib chiqqandik. Birinchi bo'limda o'xshamagan rejalarimizni ikkinchi bo'limda amalga oshirdik. Tanaffusdan so'ng raqibnin zaif jihatlariga zarba berdik.

- Bugungi uchrashuvda mag'lub bo'lgan jamoaning bosh murabbiyi istefoga chiqarilishi mumkin degan xabarlar tarqaldi. Ustiga-ustak, Ivan Boshkovich bugun barcha gollarni hissiyotlarga berilib nishonladi. Ushbu gaplar qanchalik rost? Balki jamoa bugun murabbiyni olib qolish uchun shunchalik yaxshi o'ynagandir?


- Bunday gap-so'zlar har doim bo'lgan. Bizdan oldin ham va bizdan keyin ham. Jamoa natijalari yaxshi bo'lmasa, jurnalistlar murabbiy ketishi mumkin deya yoza boshlaydi. Bu normal holat. Bizning bu yilgi maqsadimiz - O'zbekiston Kubogi. Maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Savolingiz esa o'rinsiz deb o'ylayman.

Bugungi o'yin principial edi. Yutgan jamoa yarim finalga chiqardi. Bunday o'yinlarda emociyalarga berilmaslik qiyin. Ushbu hissiyotlarni futbolchilarga etkazib berishga harakat qildik. Uchinchi golga etibor bersangiz, Shoxrux Abdurahmanov raqib darvozaboniga oxirigacha bosim qildi va yakunda biz hisobni yiriklashtirdik.

Ivan Boshkovichning biroz tobi yo'q. O'yindan keyin o'zini biroz yomon his qilgani uchun, Boshkovichning o'rniga men matbuot anjumanida ishtirok etayapman.

- Lyupcho Dorievning bugungi o'yiniga baho berib o'tsangiz. Doriev bugungi o'yini bilan chempionatimizning eng yaxshi futbolchisiga davogar ekanligini isbotlab qo'ygandek.


- Dorievga golli vaziyatlarni yaratib berayotgan jamoadoshlari bor.

- Demak, sizning jamoa hujumlari faqat Dorievga bog'lanib qolmagan, to'g'rimi?


- Ha. Bugun zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'z tasirini o'tkazdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика