O'zbekistonlik futbolchi kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun 2 yilga chetlatildi
09 sen 2022 14:13
Yangiliklar
O'zbekistonlik futbolchi kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun 2 yilga chetlatildi
Bangladesh futbol federaciyasi (BFF) tomonidan noqonuniy faoliyatda qatnashish, shu jumladan onlayn pul tikish, spot o'yinlar o'tkazish, o'yinlarni manipulyaciya qilish va kelishilgan o'yinlarda qatnashishda ayblangan ikki klub jazolandi.
Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Premer-ligasi ishtirokchisi “Uttara Baridhara” va 1-liga ishtirokchisi “Karvan Bazar” 2 va 3-divizionga tushirib yuborildi.
Manbada aytilishicha, “Baridxara” klubi chempionat doirasida “Abahani” va “SHeyk Jamal”ga qarshi o'yinlarda onlayn pul tikishda ishtirok etgan.
Natijada “Baridxara” klubining 5 nafar futbolchisi, jumladan, o'zbekistonlik himoyachi Saiddoston Fozilov ham aybdor deb topilgan va ikki yilga diskvalifikaciya qilingan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar