O'zbekiston va Qozog'iston futboli o'rtasidagi asosiy farq nimada?
30 noy 2023 16:48
Yangiliklar
O'zbekiston va Qozog'iston futboli o'rtasidagi asosiy farq nimada?
"O'zbekistonda futbol ko'proq texnikaga asoslangan va kamroq to'qnashuvlarga ega. To'p bilan ishlashga ko'proq etibor qaratiladi. Bu erda (Qozog'istonda – tahr.) kurash ko'proq, Evropa futbolidek. U erda (O'zbekistonda – tahr.) Osiyo futboliga guvoh bo'lasiz.
Asosiy farq infratuzilmada. U erda yaxshi stadion va mashg'ulot bazasi bo'lmagan klubni bilmayman. Barcha maydonlar tabiiy, u erning iqlimi bunga imkon beradi. Bu erda ham buni qilish mumkin, lekin suniyni afzal ko'rishadi. Qozog'istonda ko'p jamoalar yo umuman bazaga ega emas yoki talablarga javob bermaydigan qarorgohga ega. Ular o'nlab yillar davomida infratuzilmaga sarmoya kiritib kelishgan. Stadionlarning barchasi 2005-2016 yillargacha qurilgan. Har bir viloyatda yaxshi stadion bor", – dedi Kumikov.
Kumikov boshchiligidagi "Qaysar" 2023 yilgi milliy chempionat jadvalida oltinchi o'rinni egalladi. 60 yoshli rossiyalik mutaxassis Qozog'istonning "Atirau", "Ordabasi", "SHaxtyor", "Elimay", "Esil" klublarini ham boshqargan bo'lsa, O'zbekistonda "Andijon", OKMK, "Nasaf", "Mashal" klublarida faoliyat yuritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar