So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

O'zbekiston - Ummon. Kim Dong Jin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

O'zbekiston - Ummon. Kim Dong Jin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?

Ertaga Osiyo Kubogi-2019 1-turi doirasidagi O'zbekiston - Ummon uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK bu o'yinga koreyalik Kim Dong Jinni bosh hakam etib tayinladi. Biz bu hakam haqida malumot berishga qaror qildik.

1973 yilda tug'ilgan ushbu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi 18ta o'yinda ishlagan. 9tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, to'rt uchrashuvda durang qayd etilgan. Kim Dong Jin boshqargan beshta uchrashuvda jamoalarimiz imkoniyatni boy berishgan.


Kim Dong Jin boshqargan o'yinlarni eslab o'tamiz: JCH-2010 saralashi doirasidagi Singapurga qarshi Toshkentdagi o'yinda terma jamoamiz 1:0 hisobida zafar quchgandi. 2012 yilgi Olimpiada saralashida Toshkentda Iroq olimpiyachilari 2:0 hisobida taslim qilingan.

OCHL-2009 guruh bosqichida "Paxtakor" Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'lgan va 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan. CHorak finalda "Al Ittihod"ga imkoniyat boy berilgan - 0:4.



OCHL-2008 guruh bosqichida "Bunyodkor" Suriyada "Al Ittihod" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida zafar quchgan. 2009 yilgi OCHLda "Bunyodkor" 1/8 finalda "Persepolis"ni Eronda 1:0 hisobida taslim qilgan. Keyingi yil guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Toshkentda BAAning "Al Vahda" klubini 4:1 hisobida mag'lub etishgan. Nihoyat o'tgan yil "Bunyodkor" Saudiya Arabistonida "Al Fath" bilan durang o'ynagan - 0:0.

Aynan shu hakam 2011 yilgi OFK kubogi finalida ishlagan. Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" "Quvayt SK"ni 2:1 hisobida mag'lub etgani barchaning yodida.

2015 yil Kim Dong Jin klublarimiz ishtirokidagi ikkita o'yinda ishlagandi. "Bunyodkor" Toshkentda Eronning "Persepolis" klubiga yutqazib qo'ygandi (0:1). "Lokomotiv" esa o'z uyida "Al Sadd"ni tor-mor etgandi - 5:0.  



2016 yil bu hakam Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston klublari ishtirokidagi beshta o'yinda ishlagan. "Lokomotiv" "Al Ittihod" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang qayd etgan. "Bunyodkor" Qatarda "Lahviya" bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan va o'z uyida BAAning "Al SHabab" klubini 2:0 hisobida taslim qilgan. "Nasaf" Qarshida "Al Ayn" bilan murosa ko'chasini tanlagan - 1:1. Nihoyat "Paxtakor" o'z maydonida "Traktor Sozi" klubini mag'lub qilgandi - 1:0.

2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasida "Nasaf" Eronda "Persepolis" mehmoni bo'lib 0:3 hisobida yutqazib qo'yganda ham Kim Dong Jin hakam bo'lgan edi.

O'tgan yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionati 1-turida O'zbekiston Qatarga 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика