O'zbekiston U-20 termasi ikkinchi o'yinda Slovakiya darvozasiga to'rtta gol urdi
27 sen 2022 17:55
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 termasi ikkinchi o'yinda Slovakiya darvozasiga to'rtta gol urdi
"Jar" stadionidagi bahs soat 16:00 da boshlandi.
Uchrashuvning ilk daqiqasida Jabborovning to'p uzatishidan keyin Abbos Fayzullaev hisobni ochdi – 1:0. Bahsning 20-daqiqasida Fayzullaevning to'p uzatishidan keyin endi SHahriyor Jabborov gol urdi - 2:0.
67-daqiqaga kelib hisob yirik ko'rinish oldi. Xoldorxonovning pasidan keyin Umarali Rahmonaliev raqib darvozasini ishg'ol qildi - 3:0.
73-daqiqada Timotey Jambor penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi – 3:1.
Bahsning so'nggi daqiqasida Abdurazzoqovning to'p uzatishidan keyin Zafarmurod Abdirahmatov to'rtinchi golni Slovakiya darvozasiga yo'lladi - 4:1.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston U-20 — Slovakiya U-20 - 4:1
"Jar" stadioni. 16.00
Gollar:
Abbos Fayzullaev 1, - 1:0 (SHahriyor Jabborov),
SHahriyor Jabborov 20, - 2:0 (Abbos Fayzullaev)
Umarali Rahmonaliev 67, - 3:0 (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
Zafarmurod Abdurahmatov 90, - 4:1 (Nodirbek Abdurazzoqov).
–
Timotey Jambor 73 penalti, - 3:1.
O'zbekiston: 21.Humoyunshoh Sayyotov, 2.Izatillo Po'latov, 3.Saidafzalxon Axrorov, 6.Jahongir O'razov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 8.Behruz Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev, 11.SHahriyor Jabborov, 14.Abbos Fayzullaev, 15.Abduqodir Husanov, 16.Umidjon Sultonov
Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 4.Abubakir Ashurov, 12.Asror Kenjaev, 5.Diyorbek Ortiqboev, 9.SHahzod Nematjonov, 13.Zafar Hakimov, 18.Asad Jo'raboev, 22.SHerzod Esanov, 23.Rian Islamov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 19.Zafarmurod Abdirahmatov, 20.Mahmud Mahamadjonov.
Slovakiya: 12.Adam Danko, 3.Jakub Luka, 4.Adrian Lehocki, 7.Balint CHshoka, 9.Marek Svech, 11.Lukas Demitra, 14.Mate Szolgai, 16.Jakub Rakita, 18.Nikolas SHikula, 19.Samuel Kopasek, 20.Gabriel Halabrin
Zaxira: 1.Filip Balaz, 2.Marek Michak, 6.Martin Oravech, 8.Filip Bobrovski, 17.Branislav Spachil, 10.Timotey Jambor, 13.Marek Ujlaki
Eslatib o'tamiz, 24 sentyabrda bo'lib o'tgan uchrashuvda Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Po'latxo'ja Xoldorhonov hamda Abbos Fayzullaevning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgandi.












O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar