So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

O'zbekiston U-19 Bangladeshdagi ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 Bangladeshdagi ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bugun U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashiga mezbonlik qiladigan Bangladesh poytaxti Daka shahriga etib keldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “A” guruhida mezbon Bangladesh, Butan hamda SHri-Lanka terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. O'zbekiston U-19 terma jamoasining Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadigan tarkibi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Dakaga etib kelgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zining ilk mashg'ulotlarini o'tkazishga ulgurdi. Jasur Abduraimov shogirdlari bugun asosan chigalyozdi va engil mashqlarni bajarishdi.

Malumot uchun, O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning ilk turida 2 oktyabr kuni Butan U-19 yoshlariga qarshi maydonga tushadi. Jasur Abduraimov jamoasi 2-turda SHri-Lanka yoshlariga qarshi o'ynasa, so'nggi turda mezbon – Bangladesh U-19 terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Takidlash joiz, saralash guruhi g'olibi to'g'ridan-to'g'ri kelasi yili Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. SHuningdek, saralashning 10ta guruhi g'oliblari hamda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta ikkinchi o'rin sohiblari Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.

O'zbekiston U-19 terma jamoasining saralash bosqichidagi o'yinlari taqvimi:

2 oktyabr.

O'zbekiston U-19 – Butan U-19 (Toshkent vaqti bilan soat 14:00)

4 oktyabr.

SHri-Lanka U-19 – O'zbekiston U-19 (Toshkent vaqti bilan soat 14:00)

6 oktyabr.

O'zbekiston U-19 – Bangladesh U-19. (Toshkent vaqti bilan soat 17:00)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика